Turkiya va Yevroosiyo munosabatlari 16-qism

Dasturimizning bu galgi bo’limida bugungi kunning Xalq diplomatiyasi sohasida muhim tashqi siyosat vositasiga aylangan, Turkiston mintaqasiga qaratilgan Turkiya bilan Xitoy faoliyati haqida so’z qilamiz.

717013
Turkiya va Yevroosiyo munosabatlari 16-qism

Aziz dasturimiz muxlislari, Dasturimizning bu galgi bo’limida bugungi kunning Xalq diplomatiyasi sohasida muhim tashqi siyosat vositasiga aylangan, Turkiston mintaqasiga qaratilgan Turkiya bilan Xitoy faoliyati haqida so’z qilamiz.

Xitoy Turkistonni tarixiy ta’sir doiralaridan biri hisoblaydi. Iqtisodiyoti bilan birga elektr energiya ehtiyoji ham oxirgi vaqtlarda tezlik bilan ortgan Xitoy uchun Turkiston ayni vaqtda (mamlakatning g’arbida o’rin olgan Sharqiy Turkiston bilan chegaradosh bo’lgani uchun ham) xavfsizlik siyosati jihatidan ham katta ahamiyat kasb etadi. Shu borada Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasida Xitoy bilan Rossiyaning mushtarak Turkiston siyosati bordek sezilmoqda lekin ushbu ikki mamlakat o’rtasida jiddiy iqtisodiy hokimiyat kurashi bor.   

Turkiyaning mintaqaga qaratilgan umumiy siyosati mintaqa davlatlarining mustaqil, siyosiy va iqtisodiy barqarorlikga ega, o’zaro va qo’shnilararo hamkorlik ichida, xalqaro hamjamiyat bilan bir butun va demokratik qadriyatlarga ahamiyat bergan davlatlar sifatida gullab yashnashini qo’llab-quvvatlashdir.  Turkiya huddi mana shu siyosati orqali mintaqa davlatlarining muhim sherigiga aylandi. Turkiyaning mintaqaga qaratilgan Xalq diplomatiyasi faoliyatlari madaniy, ta’lim, axborot vositasi va taraqqiyot yordamlari ustidan yuritilmoqda. Bu borada amalga oshirilgan faoliyatlar natijasida 1993-yili Turk madaniyati va san’atining, tilining, tarixiy me’rosining himoya qilinishi, bu qadriyatlarning butun dunyoga tanitilishi va yosh avlodga yetkazilishi maqsadida Xalqaro Turk madaniyati tashkiloti (TURKSOY) barpo etildi. Turkiya, Ozarbayjon, Qozog’iston, Qirg’iziston, O’zbekiston va Turkmaniston bilan birga Shimoliy Kipr Turk Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi 6ta avtonom respublika shuningdek, Moldoviyaning Gagauz yeri avtonom mintaqasi ham kuzatuvchi davlat sifatida TURKSOYga a’zodir. 

Xitoy mintaqada yumushoq kuchini insho etishga intilib kelmoqda. Xitoy Turkistondagi manfaatlarini himoya qilish uchun yo’lga qo’ygan siyosiy vositalar esa Shanxay hamkorlik tashkiloti, harbiy amaliyot, terrorga qarshi kurashlar, chegara savdo zonasi maydonlari, Markaziy Osiyo Erkin tijorat zonasi va Yangi Ipak yo’li loyihasidir. Xitoyliklar tomonidan insho etilgan tabiiy gaz quvir liniyalari, Turkistonning mintaqaviy integratsiyasini qo’llab-quvvatlar ekan mintaqadagi davlatlarning mustaqilligiga to’g’ridan-to’g’ri xavf tug’dirgani yo’q. Qozog’iston bilan Turkmaniston Xitoyning neft va tabiiy gaz quvir liniyasi ortidan Moskvaga bo’lgan tobeligini sezilarli darajada kamaytti. 2020-yildan e’tiboran Xitoyning, Turkistondan ishlab chiqarilgan neft va tabiiy gazning eng yirik mujoziga aylanishi kutilmoqda.

Xalq diplomatiyasi tushunchasiga qarshidek qadam tashlagan Xitoyning bu sohadagi yetakchi tashkilotlaridan biri Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi Matbuot xizmati bilan HANBAN  (Xalqaro Xitoy tili kengashidir). HANBAN, Konfutsiy nomidagi institutlarining ham asosiy markazi sifatida faoliyat ko’rsatmoqda. Borgan joyida xitoy tili va madaniyatini tanishtirish borasida faoliyat ko’rsatgan bu markazlar ayni vaqtda talabalarga stipendiya ajratib, talabalarning Xitoyda ta’lim olishini ham ta’minlashga harakat qilmoqda. Xalqaro talabalar almashuvi dasturlari va tarqatilgan turli stipendiyalar bilan 1 yilda 75 % i markaziy osiyolik bo’lgan 150 mingdan ortiq talabaning Xitoyda ta’lim olishi ta’minlanmoqda. Xitoyda Tashqi ishlar universitetining tashkil topishi ortidan chet ellik diplomatlar uchun 3 oylik formatsiya dasturi boshlatildi. Shu yo’l orqali kelajakning siyosatini shakllantiruvchilarning ko’z ongida Xitoyning butunjahon davlatlari orasidagi imidjini yaxshilashtirish ko’zda tutilmoqda.

Mintaqa bilan bo’lgan hamkorligi davomida ta’lim faoliyatlariga katta e’tibor bergan Turkiya, 1992-yildan beri Turk tilida so’zlashuvchi davlatlardan minglab ta’labaning Turkiyada ta’lim olishini ta’minlab kelmoqda. Shuningdek turk tilining keng tarqashini ko’zda tutgan faoliyatlari orqali Turkiyaning yetakchi xalq diplomatiyasi vositalaridan biriga aylangan Yunus Emre nomidagi institut, Qozog’istonning Astana va Ozarbayjonning Boku markazlari orqali mintaqada faoliyat olib bormoqda. Turkiya Xalq ta’limi vazirligi qoshida mintaqada turli ta’lim markazalri mavjud. Qo’shimcha sifatida Manas nomidagi Qirg’iziston-Turkiya universiteti 1997-yildan beri poytaxt Bishkekda faoliyat yuritmoqda. Turk dunyosining birinchi mushtarak universiteti hisoblangan Ahmat Yassavi nomidagi Xalqaro Qozoq-Turk universiteti, ta’lim va ilmiy-tadqiqot faoliyatlarini Qozog’istonda davom ettirmoqda.   

Sharqiy Turkistonda uyg’urlarga tazyik ko’rsatayotgan Xitoy, mintaqada yashagan qozoq va qirg’iz ozchiligiga alohida e’tibor berish orqali etnik diskriminatsiya yaratish payida. Turli stipendiya dasturlari orqali Xitoyga taklif qilingan turkistonlik yoshlarning ko’proq Sharqiy Turkistondagi universitetlarda ta’lim olishi ta’minlanmoqda. Xitoy bu siyosatlar orqali mintaqadagi uyg’ur xalqining sonini kamaytirish va Turkiston bilan iqtisodiy integratsiyani ta’minlab, Ipak yo’li loyihasining infratuzilmasini tayyorlash niyatida. Undan tashqari Shinjon Uyg’ur avtonom viloyati propaganda ofisi tomonidan tashkil etilgan va Xitoyning mintaqa haqidagi propagandasini tarqatgan Tanridag’i/ Tiyanshannet deb nomlangan web sayti turk, rus va uyg’ur tillarida ma’lumot tarqatmoqda.  

Turk hamkorlik va koordinatsiya agentligi-TIKAning Qozog’istonda, Qirg’izistonda, O’zbekistonda va Turkmanistonda olib borgan keng ko’lamli ta’lim, sog’likni saqlash, turizm, o’rmon, qishloq xo’jaligi va chorvachilik loyihalari mavjud. 2009-yilning 21-martidan boshlab o’z faoliyatlarini davom ettirgan va Turk dunyosining mushtarak ovozi bo’lishni ko’zda tutgan Turkiya Milliy teleradiokompaniyasining TRT Avaz nomidagi telekanali Turkiyaning mintaqaga qaratilgan eng muhim investitsiyalaridan biri hisoblanadi. Turkiya Milliy teleradiokompaniyasining Tashqi xizmati qoshidagi Turkiya ovozi radiosining turli turk lahjalarida (Ozarbayjon turkchasi, qozoq, qirg’iz, turkman, o’zbek, tatar, uyg’ur) radio va internet orqali ma’lumot tarqatishi ham huddi mana shu sohada olib borilgan muhim xalq diplomatiyasi vositasi hisoblanadi.  

Qirg’izistonda on beshta, Qozog’istonda to’rtta, O’zbekistonda ikkita va Tojigistonda bitta Konfutsiy instituti ochgan Xitoy, shuningdek Xitoy Xalqaro radiosining mahalliy tillarda faoliyat olib borishi ham mintaqani o’ziga qaratishni ko’zda tutgan rejalaridan biridir.

Amerika Qo’shma Shtatlari, Xitoy Xalq Respublikasi va Turkiya Respublikasi tajribalarini qo’lga olganimizda AQShning davlat aqli tomonidan yuritilgan nodavlat tashkilotlari bilan Xitoyning to’g’ridan to’g’ri davlat apparatlari orqali mintaqada xalq diplomatiyasi faoliyati olib borayotganiga guvoh bolamiz. Turkiya esa o’zining tarixiy an’anasidan oziqlangan holda bu ikki tajriba o’rtasida o’ziga xos bir model barpo etish payida.  

Aziz dasturimz kuzatuvchilari,

Otaturk universiteti, Xalqaro aloqalar bo’limining kichik ilmiy xodim Jemil Dog’ach Ipekning mavzu haqidagi mulohazasini e’tiboringizga havola qildik.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Turkiston , #Xitoy

Aloqador xabarlar