Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov qabrini ziyorat qildi

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga tashrifi chog’ida mamlakatning Birinchi Prezidenti marhum Islom Karimovning qabrini ziyorat qildi.

713108
Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov qabrini ziyorat qildi

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga tashrifi chog’ida mamlakatning Birinchi Prezidenti marhum Islom Karimovning qabrini ziyorat qildi. Bu haqida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati ma’lumot tarqatdi.

Ushbu ma’lumotga kora O’zbekistonda Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2017-yilning 25-yanvardagi «O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug’aniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish to’g’risida»gi qaroriga muvofiq bu borada izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Shu doirada Samarqand shahrida Islom Karimov dafn etilgan hududda yodgorlik majmuasi barpo etilmoqda.

Mirziyoyev Samarqanga bo’lgan tashrifi chog’ida ushbu maqbara loyihasi bilan tanishgan. Uni yanada takomillashtirish, ziyoratchilar uchun qulayliklarni oshirish bo’yicha tavsiyalar bergan. Zinalarni pasaytirish, majmua atrofini kengaytirish va obodonlashtirish, zamonaviy tungi yoritish tizimi bilan ta’minlash zarurligini qayd etgan.

Shuningdek marhum Karimov maqbarasining Hazrati Xizr masjidi bilan uyg’un bo’lishi zarurligini ta’kidlagan. Maqbaraga monand ziyoratchilar uchun baland ayvonlar bunyod etish, rasmiy delegatsiyalar uchun ham keng sharoit yaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar bergan.

 



Aloqador xabarlar