Turk olamidan xabarlar 14-qism

O'zbekistonning Navoi viloyatida joylashgan Qizilqum cho’lidagi kon zaxirasida oltin va boshqa qimmatbaho konlarni bir-biridan ajrata oladigan gidrometallurgiya zavodi quriladi.

705660
Turk olamidan xabarlar 14-qism

 

Birinchi xabarimiz Turkiyadan olingan.

Turkiya Yevropa Ittifoqining 5-o’rindagi tijoriy hamkori hisoblanadi.

Turkiya 2016 yilda Yevropa Ittifoqiga 66.7 milliard evro hajmida eksport, 78.01 milliard evro hajmida import amalga oshirdi.

Yevropa statistika markazi 28 davlatdan tashkil topgan Yevropa Ittifoqiga oid tijoriy ma’lumotlarni e’lon qildi.

Statistika ma’lumotlariga ko’ra, Yevropa Ittifoqi 2016 yili jami 9 trillion 591 milliard evrolik tijorat hajmiga erishdi.

Bu raqamning 4 trillion 855 milliard evro hajmi eksport, 4 trillion 736 milliard evro hajmi esa, importdan tashkil topgan. Jami tijoratning 3 trillion 110 milliard evrosi Yevropa Ittifoqi davlatlari tarkibida amalga oshirildi.

Turkiya esa, o’tgan yili Yevropa Ittifoqi bilan 145 milliard evroga yaqin tijorat amalga oshirdi.

Turkiya Yevropa Ittifoqiga amalga oshirgan eksport hajmini 2015 yilga nisbatan 8.3% oshirgan holda, 66.7 milliard evroga chiqardi, import hajmi esa, 1.25% pasayib, 78.01 milliard evroni tashkil qildi.

Natijada, Turkiya 2016 yili taxminan 145 milliard evro tijorat hajmi bilan Yevropa Ittifoqining eng katta 5-hamkori bo’lib chiqdi.

 

Navbatdagi xabarimiz O’zbekistondan olingan.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatning Navoi viloyatida joylashgan Qizilqum cho’lidagi kon zaxirasida oltin va boshqa qimmatbaho konlarni bir-biridan ajrata oladigan, Navoiy kon-metallurgiya kombinatidagi gidrometallurgiya zavodining qurilishiga bag'ishlangan tantanali marosimida ishtirok etdi.   

Mirziyoyev shuningdek, zavodga kon yetkazib berguvchi Auminzo-Amantoy oltin konlarida o'zlashtirishni boshlash uchun ramziy tugmani bosdi.

Marosimda so’zlagan nutqida Mirzioyev, yangi gidrometallurgiya zavodi ulkan iqtisodiy-ijtimoiy ahamiyatga ega ekanini ta`kidladi. 

2017-2026 yillarda Navoiy kon-metallurgiya kombinatida 27 ta loyiha amalga oshiriladi.

Qiymati 3 milliard 63 million dollar bo'lgan mazkur loyihalar natijasida kombinatning ishlab chiqarish quvvati 30 %ga ortadi. Qo'shimcha 31 mingga yaqin ish o'rni yaratiladi. 

Markaziy Osiyodagi eng yirik oltin qazib chiqarish zavodi hisoblangan Navoiy kon-metallurgiya kombinatida bir yilda qariyb 70 tonna oltin qazib chiqarilmoqda.

Zavod o’rin olgan Qizilqum cho’li, ko’plab oltin zahirasini o’z ichiga olgan.

 

Dasturimizni Turkiyadan olingan xabar bilan yakunlamoqchimiz.

Turkiya Bosh vazirligi qoshidagi Xorijdagi turklar va qardosh jamiyatlar boshqarmasi tomonidan tashkil qilingan Xorijdagi yosh liderlar dasturiga murojaatlar boshlandi.

Mazkur dastur xorij mamlakatlarda faol vazifa olib boradigan namunali yoshlarni yetishtirishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan.

Yosh liderlar dasturi turli mamlakatlarda ta’lim olayotgan yoshlarni tanlab olib, ushbu dastur asosida ta’lim olishini nazarda tutadi.

Dunyoning turli mintaqalaridan jami 40 talaba qabul qilinadigan dastur uchun murojaatlar 30 aprel kuni yakunlanadi.

Dasturga Germaniya, AQSh, Avstriya, Avstraliya, Belgiya, Birlashgan Qrollik, Daniya, Finlandiya, Fransiya, Gollandiya, Shvedsiya, Shveysariya, Kanada, Norvegiya, Italiya, Ispaniya, Portugaliya va Yangi Zelandiyada asperantura va doktorantura tahsilini olayotgan yoki bu tahsilni bitirgan yoshlar murojaat qila oladi.

Mazkur dastur asosida shu yilning iyul oyida Ankara va Istanbulda ikki haftalik seminar o’tkaziladi. Ishtirokchi yoshlar o’zini yetishtirishiga hissa qo’shadigan turli faoliyatlarga qatnashadilar. Qolaversa, dastur doirasida yoshlar tarixiy va madaniy meroslarni o’rganib chiqadi va bunga doir turli sayohatlarga chiqadilar.

Ular turk hunarmandchiligi bilan tanishadilar. Turk kinosi, TRT konsertlarini tomosha qiladilar.

Agar yoshlar xohlagan taqdirda, Turkiyada amaliyot o’tash imkoniyatiga ham ega bo’ladilar.

Yosh liderlar dasturiga murojaatlar www.ytb.gov.tr/gencliderler web sahifasi orqali amalga oshiriladi.

Dasturga murojaat qilmoqchi bo’lgan yoshlar mana shu sahifadan batafsil ma’lumot olishlari mumkin.



Aloqador xabarlar