O’zbekistonning Qizilqum cho’lida oltin qazish zavodi qurilishi boshladi

Markaziy Osiyodagi eng yirik oltin qazib chiqarish zavodi hisoblangan Navoiy kon-metallurgiya kombinatida bir yilda qariyb 70 tonna oltin qazib chiqarilmoqda.

702047
O’zbekistonning Qizilqum cho’lida oltin qazish zavodi qurilishi boshladi

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatning Navoi viloyatida joylashgan Qizilqum cho’lidagi kon zaxirasida oltin va boshqa qimmatbaho konlarni bir-biridan ajrata oladigan, Navoiy kon-metallurgiya kombinatidagi gidrometallurgiya zavodining qurilishiga bag'ishlangan tantanali marosimida ishtirok etdi.   

Mirziyoyev shuningdek zavodga kon yetkazib berguvchi Auminzo-Amantoy oltin konlarida o'zlashtirishni boshlash uchun ramziy tugmani bosdi.

Marosimda so’zlagan nutqida Mirzioyev, yangi gidrometallurgiya zavodi ulkan iqtisodiy-ijtimoiy ahamiyatga ega ekanini ta`kidladi. 

2017-2026 yillarda Navoiy kon-metallurgiya kombinatida 27 loyiha amalga oshiriladi. Qiymati 3 milliard 63 million dollar bo'lgan mazkur loyihalar natijasida kombinatning ishlab chiqarish quvvati 30 foizga ortadi. Qo'shimcha 31 mingga yaqin ish o'rni yaratiladi. 

Markaziy Osiyodagi eng yirik oltin qazib chiqarish zavodi hisoblangan Navoiy kon-metallurgiya kombinatida bir yilda qariyb 70 tonna oltin qazib chiqarilmoqda. Zavod o’rin olgan Qizilqum cho’li, ko’plab oltin zahirasini o’z ichiga olgan.



Aloqador xabarlar