Toshkentdagi “O’zbekiston” ko’chasining nomi “Islom Karimov” ko’chasi deb o’zgartirildi

"O'zbekiston" ko'chasi Toshkentning bir necha tumanini shu jumladan Mirobod, Yunusobod, Yakkasaroy, Shayxontohur va Chilonzor tumanlarini bir-biri bilan birlashtirib turuvchi poytaxtning markaziy ko’chasi hisoblanadi.

684014
Toshkentdagi “O’zbekiston” ko’chasining nomi “Islom Karimov” ko’chasi deb o’zgartirildi

O’zbekiston poytaxti Toshkentning bir necha tumanini shu jumladan Mirobod, Yunusobod, Yakkasaroy, Shayxontohur va Chilonzor tumanlarini birlashtirib turuvchi shaharning markaziy ko’chasi hisoblangan “O’zbekiston” ko’chasi “Islom Karimov” ko'chasi deb o'zgartirildi. Bu haqida kecha 2017-yilning 3-marti kuni Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati ma’lumot tarqatdi.

Ushbu ma’lumotga ko’ra poytaxtning markaziy ko’chasining nomini o’zgartirish to’g’risidagi qaror, xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi tomonidan qabul qilingan bo’lib Kengashning maqsadi, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yilning 25-yanvardagi “O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug'anievich Karimov xotirasini abadiylashtirish to'g'risida”gi Qarorni ijro etish ekanligi ma’lum qilingan.

 



Aloqador xabarlar