Rustam Azimov Istanbulda, Turkiya Madaniyat va turizm vaziri Nabi Avji bilan uchrashdi

Istanbulda 27-fevral kuni bo'lib o'tgan Turk-o'zbek Biznes forumida ishtirok etish uchun Turkiyaga tashrif buyurgan O’zbekiston Bosh vazir o’rinbosari va boshchiligidagi hay'at ungacha Prezident Erdog'an va Bosh vazir Yildirim bilan ham uchrashgan edi.

683857
Rustam Azimov Istanbulda, Turkiya Madaniyat va turizm vaziri Nabi Avji bilan uchrashdi

Turkiya Respublikasi Madaniyat va turizm vaziri Nabi Avji O’zbekiston Bosh vazir o’rinbosari Rustam Azimov va O’zbekiston Respublikasi Tashqi Iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri Elyor Ganiyev bilan uchrashdi.

O’zbekiston Bosh vazir o’rinbosari Rustam Azimov, “Turkiyadagi firmalarni O’zbekistonga taklif qilamiz. Jiddiy ravishda tadqiqot faoliyatlari yuritdik. Turkiyada rivojlangan tarmoqlarda hamkorlik qilish borasida qaror qabul qildik” dedi.

Istanbulda bo’lib o’tgan uchrashuv ortidan Nabi Avji, matbuot a’zolariga qisqacha bayonot berdi va Azimovning 3 kundan beri Turkiyada ekanligini, Prezident Rajap Tayyip Erdog'an va Bosh vazir Binali Yildirim bilan uchrashuv o’tkazganligini eslatib, quyidagi so’zlarni tilga oldi:

“Bugun ham, ayniqsa mamlakatlarimiz o’rtasidagi madaniy va turistik tarmoqlardagi hamkorlik imkonlari haqida judayam mazmunli suhbat qildik. O’zbekiston 30 milliondan ortiq aholisi jihatidan muhim bir davlatdir. Do’st va qardosh O’zbekistonga, o’zbek xalqi va uning qadriyatlarini butun dunyoga tanitilishi uchun kerakli barcha yordamni berishga tayyor ekanligimizni yetkazdik. Joriy yilning may oyida, turizm sohasida faoliyat ko’rsatgan bir hay’at bilan O’zbekistonga boramiz” dedi.  

Shuningdek Turizm vaziri Nabi Avji, “Turkiya-O’zbekiston hamkorligi har ikki mamlakat uchun ham foydalidir. Shunday ekan turizm sohasida boshlagan hamkorligimiz boshqa tarmoqlarga shu jumladan savdo, madaniy tarmoqlarga ham o’zining ijobiy ta’sirini ko’rsatadi” dedi.



Aloqador xabarlar