O’zbekiston bilan Turkiya o’zaro iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish tarafdori…

O'zbekiston bosh vaziri o'rinbosari Rustam Azimov Turkiya-O'zbekiston biznes forumida so’zlagan ma’ruzasida, O’zbekistonning Turkiya bilan iqtisodiy sohada yaqin hamkorlik qilish istagini tilga olgan.

682286
O’zbekiston bilan Turkiya o’zaro iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish tarafdori…

O’zbekiston bilan Turkiya o’zaro iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish tarafdori…

Ma’lumki, 27 fevral dushanba kuni Turkiyaning Istanbul shahrida Turkiya-O'zbekiston biznes forumi bo’lib o’tdi.

O'zbekiston bosh vaziri o'rinbosari Rustam Azimov forumda so’zlagan ma’ruzasida, O’zbekistonning Turkiya bilan iqtisodiy sohada yaqin hamkorlik qilish istagini tilga olgan.

Biznes forum Turkiya tashqi iqtisodiy aloqalar bo'yicha kengash (DEIK) tomonidan tashkil etilgandi. 

O'zbekiston bosh vaziri o'rinbosari O'zbekiston Turkiya bilan neftkimyo sohasida, shuningdek, oltin, kumush va uran kabi foydali qazilmalarni qazib olish va qayta ishlash sohasida hamkorlik qilishi mumkinligini qayd etib o'tgan.

Rustam Azimovning ma`lumot berishicha, O'zbekistonda yaqin yillar ichida neftni qayta ishlash bo'yicha uchinchi zavod qurilishi ko'zda tutilgan.

“Hozirgi kunda O'zbekiston hududida ikkita neftni qayta ishlash zavodi faoliyat olib bormoqda. Biz uchinchi zavodni ham qurmoqchimiz. Mazkur loyihani amalga oshirishga Turkiyani ham jalb etish mumkin”, — degan Rustam Azimov.

Ma`lumot uchun, O'zbekistondagi neftni qayta ishlovchi ikki zavoddan biri Buxoroda, ikkinchisi esa Farg'onada joylashgan.



Aloqador xabarlar