O'zbekiston bosh vaziri o'rinbosari Rustam Azimov boshchiligidagi delegatsiya Turkiyada bo'ldi

Turkiya Prezidenti R.T.Erdog'an 27 fevral, dushanba kuni Istanbulda O'zbekiston bosh vaziri o'rinbosari Rustam Azimov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

681288
O'zbekiston bosh vaziri o'rinbosari Rustam Azimov boshchiligidagi delegatsiya Turkiyada bo'ldi

 

Turkiya Prezidenti R.T.Erdog'an 27 fevral, dushanba kuni Istanbulda O'zbekiston bosh vaziri o'rinbosari Rustam Azimov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Matbuotda yozilishicha, Turkiya bosh vaziri o'rinbosari Tug'rul Turkesh, Iqtisodiyot vaziri Nihat Zeybekchi va Milliy mudofaa vaziri Fikri Ishiq qatnashgan uchrashuv taxminan 1 soat davom etgan.

O'zbekiston delegatsiyasi Istanbulda o'zbek-turk biznes-forumida ishtirok etgan, uning yakunida iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan kelishuvlar imzolangan.

Anadolu xabar agentligi ma`lumotiga ko’ra, tomonlar qishloq xo'jaligi, to'qimachilik sanoati, elektronika, kimyo sanoati, turizm va logistika sohalarini o'z ichiga oluvchi 10 ta muhim sektorni belgilab olishgan.

Forumda so’zga chiqqan Turkiya Iqtisodiyot vaziri Nihat Zeybekchi o'tgan yilda ikki mamlakat o'rtasidagi tovar aylanmasi hajmi 1,2 mlrd dollarni tashkil etganini qayd etgan, shu bilan birga bu ko'rsatkich imkoniyatlar darajasidan past etgani ta’kidlangan.

Nihat Zeybekchi ikki davlat o'rtasida 1995 yilda imzolangan investitsiyalar bo'yicha kelishuvni hamda erkin savdo haqidagi shartnomani qayta ko'rib chiqishga chaqirgan.

Turkiyadagi statistik ma`lumotlarga ko'ra, 2016 yilda Turkiyadan O'zbekistonga eksport hajmi 488,5 mln dollardan 533,3 mln dollarga oshgan, O'zbekistondan Turkiyaga import hajmi 711,5 mln dollardan 709,2 mln dollarga pasaygan.

Rustam Azimov o'z ma’ruzasida, O'zbekiston Turkiya bilan neftkimyo sohasida hamkorlik qilish niyatida ekanini aytib o'tgan.

Uning aytishicha, O'zbekistonda 2 ta neftni qayta ishlash zavodi faoliyat ko'rsatmoqda va uchinchisini qurish ishlari olib borilmoqda.

Bosh vazir o'rinbosari tomonidan o'zaro hamkorlikning yana bir istiqbolli sohasi sifatida temir yo'llari va transport yo'llari qurish sohasi keltirib o'tilgan.

Rustam Azimov: “Turkiya O'zbekiston mustaqilligini birinchilardan bo’lib tan olgan mamlakat hisoblanadi. O'zbekiston xalqi buni hech qachon unutmaydı”.



Aloqador xabarlar