Turkiya va Yevroosiyo munosabatlari 2-qism

Dasturimizning bugungi bo’limida 2016-yili Turkiya bilan Turk Respublikalarida yuz bergan muhim voqealar haqida so’z qilamiz.

649702
Turkiya va Yevroosiyo munosabatlari 2-qism

O’tgan 2016-yili Turkiya bilan Turk Respublikalari bir necha hodisaga guvohlik qildi. Shunday ekan keling, bugungi dasturimizda mintaqada yuz bergan muhim yangiliklarni tahlil qilaylik.

Assalomu alaykum aziz dasturimiz muxlislari,

Otaturk universiteti, Xalqaro aloqalar bo’limi Tadqiqot yordamchisi Jemil Dog’ach Ipekning mavzu haqidagi mulohazasini e’tiboringizga havola qilamiz. 

O’tgan 2016-yil ham Turkiya, hamda Markaziy Osiyodagi Turk Respublikalari uchun judayam murakkab yil bo’ldi. Terror va global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz eng asosiy kun tartibi masalalaridan biriga aylandi.  

Turkiya: Turkiya, 2015-yilning 1-noyabrida bo’lib o’tgan saylov natijasida qo’lga kiritgan siyosiy barqarorligiga qaramay 2016-yil mobaynida jiddiy muammolarga duch keldi. Davlat muassasalaridagi noqonuniy tashkilotlanish tufayli Turkiya Respublikasi tomonidan xavfsizlik tahdidi deb kodlangan Fetullahchi terror tashkiloti 15-iyul kuni kechasi mamlakatni to’ntarishga tashabbus qildi. Ushbu to’ntarish tashabbusiga qarshi turk xalqining jur’atkor kurashi va Prezident Erdog’anning qarorli liderligi oqibatida bostirilishi Turkiyaning keskin burilishlar ro’y bergan tarixiy bosqichiga aylandi.

Suriyadagi inqirozdan foydalangan PKK va DEASh terror tashkilotlari Turkiyada teraktlar uyushtirdi. O’z faoliyatlari orqali bir-birini boqqan va go’yo yashirin ittifoq o’rnatgan bu ikki terror tashkiloti Turkiyaning Istanbul, Anqara, Kayseri, Gaziantep va Diyarbakir viloyatlarida qatliomlar uyushtirdi. Turkiya bu teraktlarni uyushtirgan terror tashkilotlarini ular tayyorgarlik ko’rayotgan Suriyada yo’q qilish uchun “Firat qalqoni” amaliyotini boshlatdi.

Turk qurolli kuchlari tomonidan qo’llab-quvvatlangan Erkin Suriya armiyasi tomonidan Azaz-Jarablus liniyasining DEASh terror tashkilotidan qutqarilishi esa ham DEASh, hamda PKK terror tashkilotlariga qarshi kurashda katta ahamiyat kasb etdi.

Turkiya iqtisodiyotida, global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz va terror hujumlariga qaramay 2016-yilning ilk yarmida jiddiy o’sish kuzatildi. Turkiyani to’ntarishga qaratilgan tashabbus chog’ida esa iqtisodiyot biroz pasaydi.     

Qozog’iston; Qozog’iston iqtisodiyotining yirik qismi neft eksportiga borib taqaladi. Shunday ekan neft narxlarining tushib ketishi Qozog’iston pul birligi “Tenge”ga o’zining salbiy ta’sirini ko’rsatdi va tengening qiymati pasayib ketdi. Shunga qaramay Qozog’iston iqtisodiyoti Nazarboyev liderligining o’tkir siyosati orqali ushbu jarayondan jiddiy ziyon ko’rmagan ravishda chiqib ketdi.  

Qozog’istonda 2016-yilning 20-martida bo’lib o’tgan saylovda 3 ta partiya parlamentga kirdi. Roppa-rosa 82.15 foiz ovoz olgan Nur Otan partiyasi nomidan parlamentga 83 deputat, 7.18 foiz ovoz olgan Ak-Jol partiyasi nomidan 8 deputat va 7.14 foiz ovoz olgan Kommunist partiyasi nomidan esa 7 deputat kirdi.

Iyun oyida Qozog’istonning Akto’be shahrida ekstremist bir guruh qurolli hujumga qo’l urdi. Oqibatida 7 kishi jon berar ekan, 20 kishi tan jarohati oldi. Hujumni amalga oshirgan terrorist Ruslan Kulikbayev esa o’lim jazosiga tortildi. Eslatib o’tamiz ungacha Qozog’istonda hech qaysi jinoyatchi o’lim jazosiga tortilmagan edi.

O’tgan 2016-yilning oktabr oyida topilgan Kashagan konidagi neft zahirasidan 8-9 million tonna neft va 5 milliard kub metr tabiiy gaz ishlab chiqariladi. Bu yil yani 2017-yilda neftning barrel narxini 50 AQSh dollari deb hisoblagudek bo’lsak unda mamlakat byudjeti 135 million dollar qo’lga kiritadi.

Turkmaniston; Eng asosiy daromad manbai hisoblangan tabiiy gaz narxlarining uch yil oldingiga qaraganda roppa-rosa 50 foizga tushib ketishi 2016-yili Turkmanistonni iqtisodiy inqirozga yetakladi. Turkmaniston bu inqirozdan chiqib ketish uchun bir yo’l o’ylab topdi. Xitoy yordamida turkman gazini Xitoyga yetkazib berguvchi quvir liniyasi tashkil etmoqda. Ushbu loyiha orqali Turkmanistonning Xitoyga 30 milliard metr kub tabiiy gaz eksport qilishi tahmin qilinmoqda.  

Tabiiy gaz tarmog’idagi vaziyat yuzasidan ushbu tarmoqda non topayotgan turkmanistonliklarning tahminlarga ko’ra qariyb 50 foizi vaqtinchalik ishsiz qoldi. Shunday ekan Turkmanistondagi tabiiy gaz tarmog’idagi vaziyat mamlakat iqtisodiyotiga salbiy ta’sir ko’rsatdi va un, shakar, yog’ kabi eng asosiy oziq-ovqat mahsulotlar talabi ham muammolarga yo’l ochdi.   

Turkmaniston doimiy betaraf davlat maqomi yuzasidan xalqaro tashkilotlardan va boshqa davlatlardan o’z muammolarini hal qilish uchun yordam sorashdan tortinmoqda. Lekin bu jaryonda Turk tilida so’zlashuvchi mamlakatlar hamkorligi kengashi (Turk kengashi) a’zolaridan (Turkiya bosh bo’lish bilan birga) yordam olishi ular muammosini yana-da qisqa muddat ichida hal qilishiga ko’mak berishi mumkin. Turkmanistonning Turk kengashi bilan bo’lgan aloqalarini mustahkamlashi har jihatdan (iqtisodiy-siyosiy-madaniy v.b.) o’zi uchun foydali bo’ladi.

O’zbekiston; O’zbekiston uchun 2016-yilning eng muhim voqeasi 2-sentabr kuni yuz berdi. U kuni mamlakatning birinchi Prezidenti Islom Karimov vafot etdi. Karimov vafoti ortidan uning vazifasini Shavkat Mirziyoyev davom ettirdi.

Mirziyoyev davri O’zbekiston uchun yangi bir davrning boshlang’ichi hisoblanadi. Karimov; Turk kengashi bosh bo’lish bilan birga mintaqaviy hamkorlik mavzularidan yirok siyosat kuzatib borar edi. Bu siyosatning o’zgarishi nafaqat mintaqadagi aktyorlar balki O’zbekiston uchun ham foydali bo’lishi mumkin.    

Qirg’iziston; Qirg’izistonning neft va tabiiy gaz sohalarida iste’molchi vaziyatda bo’lishi, 2016-yilda nomi tilga olingan mahsulotlar narxining tushishi jihatidan ishi ancha qulaylashdi. Qirg’izistonning tog’-kon tarmog’idagi (ayniqsa oltin) tashqi investor muammosi o’z ta’sirini 2016-yilda ham ko’rsatishni davom ettirdi. 2017-yilning oxirlarida o’tkazilishi rejalashtirilgan Prezidentlik saylovi keyingi yilda Qirg’izistonning eng muhim kun tartibi moddalaridan biri bo’ladi degan fikrdamiz.   

Ozarbayjon; Neft va tabiiy gaz narxlarining tushib ketishi eng muhim ishlab chiqaruvchilardan biri hisoblangan Ozarbayjon iqtisodiyotiga 2016-yili salbiy ta’sir ko’rsatdi. Neft va tabiiy gaz, Ozarbayjonning yalpi ichki mahsulotining 30 foizini tashkil etadi. Shunday ekan Ozarbayjon 2017-yili, neft va tabiiy gazdan boshqa mahsulotlar orqali rivojlanish yo’llarini izlab topish niyatida. Buning uchun ular qo’lida Xalqaro valyuta jamg’armasi qo’llab-quvvatlagan islohot paketi bor. Ozarbayjon 2017-yildan e’tiboran qishloq xo’jalik, axborot texnologiyalari, turizm kabi neftdan boshqa tarmoqlar ustidan rivojlanishni ko’zda tutmoqda.    

Ozarbayjonning Tog’lik Qorabog’ mintaqasida, Ozarbayjon-Armaniston o’rtasida 1994-yili kuchga kirgan o’q uzishni to’xtatish kelishuvidan beri eng og’ir to’qnashuvlar yuz berdi. 2016-yilning 2-aprelidan boshlab 5-apreligacha yuz bergan voqealar tarix sahifalariga to’rt kunlik urush deya qayd etildi. Urush ayni vaqtda 20 yildan ortiq vaqtdan beri faoliyat ko’rsatgan faqat bugungacha muvaffaqiyatsiz bo’lishi yuzasidan ayniqsa Ozarbayjon tomonini tanqid qilgan Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining Minsk guruhi faoliyatlarining qanchalik samarasiz natijalanayotganligini o’rtaga qoymoqda.       

Otaturk universiteti, Xalqaro aloqalar bo’limi Tadqiqot yordamchisi Jemil Dog’ach Ipekning mavzu haqidagi mulohazasini e’tiboringizga havola qildik.

 



Aloqador xabarlar