Yevroosiyodan dolzarb mavzular 150-qism

Dasturimizning bugungi bo’limida Qirg’izistonda bo’lib o’tgan Shanxay hamkorlik tashkiloti Hukumat rahbarlari kengashi yig’ilishi haqida so’z qilamiz.

611693
Yevroosiyodan dolzarb mavzular 150-qism

Aziz dasturimiz muxlislari, 3-noyabr kuni Shanxay hamkorlik tashkiloti Hukumat rahbarlari kengashi yig’ilishi Qirg’iziston poytaxti Bishkekda joylashgan “Ala Archa” nomidagi Davlat mehmonxonasida bo’lib o’tdi. Qirg’izistonning vaqtinchalik hukumat raisi Sooronbay Jeenbekov rahbarligida bo’lib o’tgan yig’ilish tor va keng formatda o’tdi. Tor formatdagi yig’ilishga Sooronbay Jeenbekov bilan birgalikda Xitoy Xalq Respublikasi Bosh vaziri Li Keqiang, Qozog’iston Bosh vaziri Bakitjan Sagintayev, Rossya Hukumat rahbari Dmitriy Medvedov, Tojikiston Bosh vaziri Kohir Rasulzoda va O’zbekiston Bosh vazirining birinchi o’rinbosari Rustam Azimov ishtirok etdi. Yig’ilishda tashkilot faoliyatlari va qo’l qo’yiladigan qarorlar muhokama qilindi.

Shanxay hamkorlik tashkiloti Hukumat rahbarlari kengashi yig’ilishi keyin keng formatda davom etdi. Bu yig’ilishga Belarus Bosh vaziri Andrey Kobyakov, Afg’oniston Ijroiya qo’mitasi raisi Abdullah Abdullah, Hindiston Tashqi ishlar vaziri Jahid Akbar, Eron Islom Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o’rinbosari Ibrohim Rahimpur, Mog’olistonning Qirg’izistondagi elchisi Zhagir Suhee, Pokiston Bosh vazirining Tashqi ishlar bo’yicha maslahatchisi Sartaj Aziz va Tashkilot kotibi bilan tashkilotning mintaqaviy antiterrorizm Ijroiya qo’mitasi raisi ham ishtirok etdi. Yig’ilishda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan Shanxay hamkorlik tashkiloti o’rtasidagi integratsiya, terrorga qarshi kurash, tashkilot ichida iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish kabi mavzular muhokama qilindi.

Yig’ilish yakunida Hukumat rahbarlari tomonidan 12 ta hujjatga qo’l qo’yildi. Shanxay hamkorlik tashkiloti Hukumat rahbarlari kengashining navbatdagi yig’ilishi 2017-yili Rossiya Federatsiyasida bo’lib o’tadi. Bishkekda bo’lib o’tgan yig’ilishni 250 dan ortiq jurnalist kuzatib bordi.

Yig’ilish doirasida Qirg’izsiton-Qozog’iston va Qirg’iziston-Xitoy o’rtasida Hukumat rahbarlari ishtirokidagi o’zaro uchrashuv ham bo’lib o’tdi. Qirg’iziston bilan Xitoy Hukumat rahbarlari uchrashuvida investitsiya, texnologiya va iqtisodiy hamkorlik, meteorologiya kabi sohalarda 6 ta hujjatga qo’l qo’yildi. Shuningdek Qirg’iziston bilan Xitoy o’rtasidagi Qirg’izistondagi sug’arish  tuzimining yaxshilantirilishi, Bishkek shahri yo’llarining ta’mirlanishi shuningdek, Qirg’iziston Iqtisodiyot vazirligi va Xitoy Xalq Respublikasining Tijorat vazirligi o’rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish mavzularida kelishib olindi.

Yig’ilishdan oldin Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarning Hukumat rahbarlarini Qirg’iziston Prezidenti Almazbek Atambayev qabul qildi. Atambayev shuningdek Rossiya Federatsiyasi Bosh vaziri Medvedov va Xitoy Xalq Respublikasi Bosh vaziri Li Keqiang bilan alohida-alohida uchrashdi.

Hurmatli dasturimiz kuzatuvchilari, Shanxay hamkorlik tashkiloti mintaqada kuchli tashkilot sifatida o’z faoliyatini davom ettirmoqda. Bishkekda bo’lib o’tgan Shanxay hamkorlik tashkiloti Hukumat rahbarlari kengashi yig’ilishining eng muhim natijasi Taraqqiyot bankining tashkil topishi va bu haqidagi qarorga qo’l qo’yilishidir. Aytib o’tish joizki, Prezident Atambayev Toshkentdagi yig’ilishda Taraqqiyot bankining markaziy ofisining Bishkekda qurlishini taklif qilgan edi.

Oxirgi vaqtlarda o’zaro munosabatlari takror yomonlashib borayotgan Pokiston bilan Hindiston yig’ilishga vakil yubordi va bu yo’l orqali tashkilotga a’zo bo’lishda qanchalik qarorli ekanligini ko’rsatdilar. Afg’oniston Ijroiya qo’mitasi raisi Abdullah Abdullahning yig’ilishda Afg’onistonning tashkilotga to’laqonli a’zo bo’lmoqchi ekanligini takrorlashi, navbatdagi yig’ilishda e’tiborga olinadi.  

Qozog’iston Bosh vaziri Sagintayevning Bishkekda tilga olgan erkin savdo hududi tashkil etish fikri ham tashkilotning iqtisodiy jihatdan o’sishiga hissa qo’shadi desak ham bo’ladi. Qisqacha qilib aytganda Shanxay hamkorlik tashkilotining Bishkekda bo’lib o’tgan yig’ilishida rivojlanishga qaratilgan muhim va shaxdam qadamlar tashlandi deyish mumkin.

 

          

 

 



Aloqador xabarlar