Putin Qozog'istonda Nazarboyev bilan uchrashdi

Vladimir Putin Qozog’iston bilan Rossiya o’rtasidagi XIII Mintaqalararo hamkorlik forumida ishtirok etish uchun kecha Qozog’istonga tashrif buyurdi.

582947
Putin Qozog'istonda Nazarboyev bilan uchrashdi
Putin Nazarboyev 2
Putin Nazarboyev 3
Putin Nazarboyev 3

Qozog’iston bilan Rossiya o’rtasida “Yevroosiyo mintaqasining transport-logistika salohiyatini kuchaytirish” mavzusidagi  XIII Mintaqalararo hamkorlik forumida ishtirok etish uchun kecha Qozog’istonga tashrif buyurgan Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, Qozog’iston Respublikasi Prezidenti Nursultan Nazarboyev bilan uchrashdi. 

Prezident Nursultan Nazarboyev Oqo’rda saroyida bo’lib o’tgan o’zaro uchrashuvda,  XIII Mintaqalararo hamkorlik forumining ahamiyatiga to’xtalib, forumda jami 27 milliard dollarlik 40 dan ortiq shartnomaning imzolanishini kutganligini bildirdi.

Putin, Qozog’iston bilan Rossiya o’rtasidagi munosabatlarni “strategik sheriklik va o'zaro manfaatdorlikka asoslangan hamkorlik” deya baholadi.

Rossiya va Qozog'iston o’rtasidagi ba’zi muammolarning savdo munosabatlariga salbiy ta`sir ko'rsatayotganligini aytib o’tgan Putin “Biz bunday to'siqlarga qarshi chora ko'rib, ushbu salbiy omillarni imkon qadar kamaytirishimiz kerak” dedi.

Putin, ushbu forumda ishtirok etayotgan 900 kishidan 400 nafarining Rossiya vakili ekanligini eslatib, ularning kichik va o’rta biznes sohasida Qozog’iston bilan to’g’ridan-to’g’ri hamkorlik qilayotganligini ham aytdi.

Shuningdek ikki mamlakat o’rtasidagi savdo hajmining 70 foizini, mintaqalararo hamkorlik natijasida qo’lga kiritilganligini eslatgan Putin, forumda rejalashtirilgan loyihalarning samarali bo’lishiga ishonchi komil ekanligini ta’kidladi.  

Putin bilan kasbdoshi Nazarboyev o’rtasida boshlagan uchrashuv XIII Mintaqalararo hamkorlik forumi doirasida uyushtirilgan biznes forumi bilan davom etdi.    


 

 



Aloqador xabarlar