Turk ishbilarmonlari Qozog'istonga taklif qilindi

Qozg'istondan Turk ishbilarmonlariga byurokratiya va soliq haqida ulkan imtiyozlar beradi

211307
Turk ishbilarmonlari Qozog'istonga taklif qilindi

Qozog’iston, turk ishbilarmonlarini investitsiya muhiti uchun o’z yurtlariga taklif qildi.
Qozog’istonning Anqara elchixonasi bilan Ovrosiyo İqtisodiy Aloqalar Jamiyati tomonidan Anqara shahrida yig’ilish uyushtirildi. Yig’ilish Qozog’stonning Anqara elchixonasida bo’lib o’tdi. Ushbu yig’ilishta ishbilarmonlar ishtirok etdi.
Yig’ilishta turk ishbilarmonlari energiyadan transport vositasiga, turizmdan ta’lim tarbiya kabi har xil sohadagi investitsiya loyihalari uchun Qozog’istonga taklif qilindi. Shu bilan birga Qozog’istonda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan Qozoq-Turk sanoat mintaqasi va turk ishbilarmonlarini kutkan ustunliklar haqida mulohaza qilindi.
Qozog’istonning Anqara elchisi Janseyit Tuymenbayev Qozog’istonda turk ishbilarmonlariga byurokratiya va soliq haqida ulkan imtiyozlar berilganligini aytib o’tdi.
Yig’ilishga qatnashgan Adolat va Taraqqiyot Partiyasining Bosh kotibi Haluk İpek ham Turkiyaning Qozog’istonda investitsiya loyihalarini amalga oshirishlari kerakligining ahamiyati haqida aytib o’tdi.
Janob İpek “Turkiyaning u mintaqalarda ish olib borishligi kelajakda Turkiyaning kuchiga yana da kuch qo’shadi. Shuningdek bu Qozog’istonga kerak bolgani kabi Turkiyaga ham kerak” dedi
Yig’ilishga qatnashgan ishbilarmonlar ham Qozog’istonning siyosiy barqarorligi bilan ikki o’lka orasidagi munosabatning mustahkam ahamiyatiga e’tiborlarni qaratdi.



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar