Tarixda bugun 24.09.2019

Turkiya va dunyo tarixida 24-sentabr kuni yuz bergan ba'zi muhim voqealarning qisqacha to'plami.

1275321
Tarixda bugun 24.09.2019

1852-yilning 24-sentabri kuni tarixdagi birinchi dirijabl uchdi. Uchish Parijdan 27 kilometr uzoqlikdagi Trap mintaqasiga qaratildi. Bug’ dvigatelli moslamani fransuz ixtirochi Henri Giffard yaratgandi.

***

1947-yilning 24-sentabri kuni Hindistonda musulmon muhojirlarni tashigan poyezd Panjab chegarasida to’xtatildi. Sikhizlar 1200 muhojirni qatl qildi.

***

1971-yilning 24-sentabri kuni Britaniya 90 nafar rus diplomatni josuslikda ayblab, mamlakatdan chiqarib yubordi.

***

1974-yilning 24-sentabri kuni Kipr Tinchlik harakati tufayli AQSh senati Turkiyaga bo’lgan harbiy yordamini to’xtatish haqida qaror qabul qildi.

***

1981-yilning 24-sentabri kuni arman terroristlar Turkiyaning Parijdagi Bosh konsulligiga bostirib kirdi. Unda xavfsizlik xodimi Jemal O’zen shahid bo’ldi. Bosh konsul Kaya Inal esa tan jarohati oldi.

***

1996-yilning 24-sentabri kuni Turk mumtoz musiqasi ustasi Zeki Muren 65 yoshida vafot etdi.

***

2015-yilning 24-sentabri kuni Haj ziyoratini amalga oshirayotgan odamlar orasida Makkadan 5 kilometr uzoqlikda joylashgan Mina shahrida yuzaga kelgan tiqilinchda 753 kishi jon berdi. Jon berganlardan tashqari 888 kishi tan jarohati oldi.  

 

 



Aloqador xabarlar