Tarixda bugun 22.08.2019

Turkiya va dunyo tarixida 22-avgust kuni yuz bergan ba'zi muhim voqealarning qisqacha to'plami.

1256682
Tarixda bugun 22.08.2019

1642-yilning 22-avgusti kuni Angliyada 9 yil davom etadigan ichki urush boshladi. Mamlakat qiroli bilan parlament o’rtasida boshlagan urush 1651-yilning 3-sentabri kuni Vuster muhorabasida, parlament tarafdorlarining g’alabasi bilan yakun topdi.

1812-yilning 22-avgusti kuni shveytsariyalik sayyoh Iogann Burkxard tomonidan Iordaniyadagi “Petra” deb nomlangan arxeologik o’rin topildi.

1864-yilning 22-avgusti kuni dunyoning 12 ta davlati birinchi Jeneva konventsiyasiga qo’l qo’yildi. Qizil Xochning ta'sis etilishi haqida qaror qabul qilindi.

1910-yilning 22-avgusti kuni Koreya yarim oroli Yaponiya tomonidan mustamlakaga aylantirildi.

1926-yilning 22-avgusti kuni Gretsiyada Theodoros Pangalos hukumati Yorgos Kondilis yetakchilik qilgan to’ntarish orqali qulatildi.  

1929-yilning 22-avgusti kuni Birinchi Jahon urushida Usmoniy armiyasida ham xizmat qilgan nemis general Liman fon Sanderes vafot etdi.

1962-yilning 22-avgusti kuni “Savanna” deb nomlangan birinchi atomoxod yo’lovchi kemasi o’z xizmatini boshladi.   

1965-yilning 22-avgusti kuni Sadun Boro, “Qismat” deb nomlangan yelkanli kemasi orqali dunyo bo'ylab 2 yil 10 kun davom etadigan sayohatga chiqdi.

2000-yilning 22-avgusti kuni Ozarbayjonning sobiq Davlat rahbari Abulfayz Elchibey vafot etdi.

2017-yilning 22-avgusti kuni Milliy kurashchi Riza Kayaalp, Parijda uyushtirilgan 2017-yilgi Jahon chempionatida 3-marotaba jahon chempioni bo’ldi.

 

 

 



Aloqador xabarlar