Tarixda bugun 23.07.2019

Turkiya va dunyo tarixida 23-iyul kuni yuz bergan ba'zi muhim voqealarning qisqacha to'plami.

1240789
Tarixda bugun 23.07.2019

1821-yilning 23-iyuli kuni Peloponnes qo’zg’oloni chog’ida Monemvasia shahrini qo’lga kiritgan yunonliklar 3000 nafar turkni qatl qildi.

1829-yilning 23-iyuli kuni William Austin Burt, yozuv mashinkasining ilk shakli bo’lgan tipografni ixtiro qildi.

1919-yilning 23-iyuli kuni Erzurum kongressi boshladi. Mustafa Kemal, Erzurum kongressiga rahbar etib saylandi.

1929-yilning 23-iyuli kuni Italiyadagi fashist hukumat, chet tilidan kirgan so’zlardan foydalanishni man etdi.

1939-yilning 23-iyuli kuni Hatay boshqaruvi Turk hukumatiga topshirildi.

1952-yilning 23-iyuli kuni Misrda Jamol Abdul Nasr yetakchiligidagi “Erkin ofitserlar” harakati Qirol Faruhni to’ntarib, monarxiyani tarqatib yubordi.

1963-yilning 23-iyuli kuni Fransiya yadroviy sinovlarni cheklash maqsadida Moskvada qo'l qo'yilgan, “Sinovlarni man etish kelishuvi”da ishtirok etishni rad etdi.

1983-yilning 23-iyuli kuni Shri-Lankadagi ko’pchilik budistlar, qariyb 3000 tamilni qatl qildi. Qariyb 400 000 tamil qo’shni davlatlarga qochib ketdi. Voqea, Shri-Lanka tarixida, “Qora iyul” degan nom bilan o’rin oldi.  

 

 



Aloqador xabarlar