Oʼzbek kikbokschilar Turkiyadagi nufuzli xalqaro turnirda ishtirok etmoqda

Shu yilning 12-15 may kunlari oʼsmirlar, yoshlar va kattalar oʼrtasida boʼlib oʼtadigan ushbu nufuzli musobaqada jahonning 50dan ortiq davlatidan jami 3 300 nafar sportchi gʼoliblik uchun bahs olib borishi kutilmoqda.

1827140
Oʼzbek kikbokschilar Turkiyadagi nufuzli xalqaro turnirda ishtirok etmoqda


12 may kuni Turkiyaning Istanbul shahrida sportning kikboks turi boʼyicha 7-xalqaro Turkiya ochiq jahon kubogi musobaqasiga start berildi.

Unda Oʼzbekiston kikboks terma jamoasi aʼzolari ham ishtirok etadi.
Shu yilning 12-15 may kunlari oʼsmirlar, yoshlar va kattalar oʼrtasida boʼlib oʼtadigan ushbu nufuzli musobaqada jahonning 50dan ortiq davlatidan jami 3 300 nafar sportchi gʼoliblik uchun bahs olib borishi kutilmoqda.
Turkiyada xizmat safarida boʼlib turgan Oʼzbekiston Kikboksing assotsiatsiyasi prezidenti Аsadjon Xodjaev sportchilar bilan uchrashdi va ularga muvaffaqiyatlar tiladi.
O'zbekiston sharafini 62 nafar sportchi 6ta yoʼnalishda himoya qiladi. Mamlakat sport delegatsiyasi tarkibida shuningdek, trenerlar, hakamlar, kuzatuvchilar va delegatsiya rasmiylari ham oʼrin olgan.



Aloqador xabarlar