Nadal Avstraliya ochiq chempionatida finalga yo‘l oldi

Avstraliya ochiq chempionatida oltinchi raqam ostida saralangan ispaniyalik tennischi Rafaelb Nadal italiyalik Matteo Berrettini ustidan 6:3, 6:2, 3:6, 6:3 hisobida zafar quchib, finalga yo‘l oldi.

1769904

“Katta Dubulg‘a” turnirlarining 20 karra g‘olibi hisoblangan Nadal 2 soat 55 daqiqa davom etgan qarama-qarshilikda 5 marta “eys” amalga oshirdi va 2 ta qo‘sh xatoga yo‘l qo‘ydi. Berrettini hisobida esa 14 ta eys va 2 ta qo‘sh xato mavjud.

O‘z faoliyati davomida oltinchi bor “Australian open” finaliga chiqqan Nadal Daniil Medvedev (Rossiya, 2) – Stefanos SiTsipas (Gretsiya, 4) uchrashuvi g‘olibi bilan kuch sinashadi.

Ma’lumot uchun, Avstraliya ochiq chempionatining amaldagi chempioni jahonning birinchi raketkasi, serbiyalik tennischi Novak Jokovich hisoblanadi. O‘tgan yilgi finalda u Daniil Medvedevni 7:5, 6:2, 6:2 hisobida mag‘lub etgan.

Tanlangan kalimalar: #Rafaelb Nadal

Aloqador xabarlar