Xitoyda futbolchilarning tatuirovka chizdirishi taqiqlandi

Xitoy davlat sport boshqarmasi asosiy va yoshlar terma jamoalari futbolchilariga yangi tatuirovka chizdirishni taqiqladi. Tatuirovkasi borlarga esa ularni yo‘qotish tavsiya etildi.

1759069

TASS boshqarma matbuot xizmatiga asoslanib yozishicha, ushbu choradan maqsad xitoylik futbolchilarning pozitiv (ijobiy) ruhiyatini to‘laqonli namoyish etish hamda jamiyat uchun yaxshi ibrat ko‘rsatishga xizmat qilishdir.

Ta’kidlanishicha, katta yoshli futbolchilar tatuirovkalarini saqlab qolishlari ham mumkin, biroq mashg‘ulotlar va o‘yinlar paytlarida ularni ko‘rinmaydigan qilib kiyinishlari shart. Yoshlar va o‘smirlar jamoalari tarkibiga tanasida tatuirovkasi bor futbolchilarni jalb etish qat’iyan man etilgan.

Tanlangan kalimalar: #Xitoy

Aloqador xabarlar