O‘zbekistonlik og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon chempioni bo‘ldi

O'zbekiston poytaxti Toshkent shahrida og‘ir atletika bo‘yicha kattalar o‘rtasida jahon chempionati o‘tkazilmoqda. Musobaqada 16 dekabr kuni ikki raqobatchi o‘zbekistonlik og‘ir atletikachi — Ruslan Nurudinov va Akbar Jo‘rayev ishtirok etdi.

1749532
O‘zbekistonlik og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon chempioni bo‘ldi

 

O'zbekiston poytaxti Toshkent shahrida og‘ir atletika bo‘yicha kattalar o‘rtasida jahon chempionati o‘tkazilmoqda. Musobaqada 16 dekabr kuni ikki raqobatchi o‘zbekistonlik og‘ir atletikachi — Ruslan Nurudinov va Akbar Jo‘rayev ishtirok etdi. 

Jahon chempionatida -109 kg gacha bo‘lgan vazn toifasida ishtirok etayotgan Ruslan Nurudinov dast ko‘tarishda 185 kg toshni o‘ziga bo‘ysundirib, bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Mazkur bahsda kumush medal armanistonlik Simon Martirosyanga nasib etgan. U buning uchun 188 kg toshni bexato ko‘tara olgan.

Aynan shu vazn toifasida qatnashgan Akbar Jo‘rayev esa 195 kg toshni o‘ziga bo‘ysundirib, oltin medalga ega chiqdi.

Siltab ko‘tarish bahslarida esa Tokio olimpiadasi sovrindori Akbar Jo‘rayev 238 kg toshni ko‘tarib, ikki tur natijalariga ko‘ra mutlaq jahon chempioniga aylandi. Umumiy hisobda 3 ta oltin medal bilan taqdirlandi.

Yana bir olimpiada chempioni Ruslan Nurudinov 236 kg natija bilan kumushga loyiq ko‘rildi va ikki kurash natijasiga ko‘ra, kumush medallarni qo‘lga kiritdi. Armanistonlik Simon Martirosyan siltab ko‘tarishda 228 kg tosh bilan bronza medaliga ega chiqdi.

Yakunda Akbar Jo‘rayev va Ruslan Nurudinov jami 6 ta medal sohibiga aylanishdi.

Shu yili O‘zbekistonda o‘tgan og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionatida ham ushbu ikki o‘zbekistonlik sportchi chempionlik uchun bir-biriga raqib bo'lgandi.

O‘sha vaqtda Ruslan Nurudinov 241 kg bilan Osiyo chempionligini qo‘lga kiritishdan tashqari, yangi jahon rekordini o‘rnatgandi. Osiyo chempionatining kumush medal sohibi esa Akbar Jo‘rayev bo‘lgan edi.

Bunga qadar, Ruslan Nurudinov 2016 yil Rio de-Janeyroda o‘tgan olimpiya o‘yinlarida rekord o‘rnatib, oltin medalni qo‘lga kiritgan edi.

Akbar Jo‘rayev esa "Tokio-2020" olimpiya o‘yinlarida ham oltin medalga ega bo'lgandi.


Tanlangan kalimalar: #Akbar Jo‘rayev

Aloqador xabarlar