Milliy yengil atletikachi Tug‘ba Danishmaz Turkiya rekordini yangiladi

Milliy yengil atletikachi Tug‘ba Danishmaz, uch xatlab sakrashda 14.04 metr natija bilan Turkiya rekordini yangiladi.

1646736
Milliy yengil atletikachi Tug‘ba Danishmaz Turkiya rekordini yangiladi

Milliy yengil atletikachi Tug‘ba Danishmaz, Gretsiya poytaxti Afina shahrida yengil atletika bo‘yicha uyushtirilgan Xalqaro musobaqada uch xatlab sakrashda 14.04 metr natija bilan Turkiya rekordini yangilab, 14 metrdan o‘tgan birinchi turk ayol sportchi bo‘ldi.

Turkiya yengil atletika federatsiyasi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra oxirgi ikki yildan beri ayollar orasida uch xatlab sakrash bo‘yicha 14 metrni oshgan birinchi turk ayol bo‘lish uchun toliqmay mehnat qilgan Tug‘ba Danishmaz, maqsadiga erishdi.

Tug‘ba, Afinada 14.04 metrlik darajasini bilan Turkiya rekordini yangiladi.

Milliy sportchi shunday qilib, 14 metrlik klubiga o‘z nomini qayd ettirgan birinchi turk ayol sportchi sifatida tarix sahifasidan o‘rin oldi.

Kalliteya stadionida tashkil etilgan musobaqada qatnashgan 22 yoshli Tug‘ba, o‘yinni 14.04 metrlik daraja bilan ikkinchilardan bo‘lib yakunladi.

Tug‘ba ushbu daraja bilan zaldagi 13.97 lik eng yaxshi darajasi va Turkiya rekordini 14 metrdan orttirgan bo‘ldi.

 

 



Aloqador xabarlar