Taha Akgul kurash bo’yicha Yevropa chempionati g'olibi bo'ldi

Varshavadagi kurash bo’yicha Yevropa chempionati final musobaqalarida Turkiya milliy kurashchisi, jahon va olimpiada chempioni Taha Akgul rossiyalik raqibi Sergey Kozyrevni mag’lub etib, kurash bo’yicha Yevropa chempioni bo’lish bahtiga muyassar bo’ldi.

1626234
Taha Akgul kurash bo’yicha Yevropa chempionati g'olibi bo'ldi

 

Polsha poytaxti Varshavada kurash bo’yicha Yevropa chempionati musobaqalari davom etmoqda.

Chempionatning final musobaqalarida Turkiya milliy kurashchisi, jahon va olimpiada chempioni Taha Akgul rossiyalik raqibi Sergey Kozyrevni mag’lub etib, kurash bo’yicha Yevropa chempioni bo’lish bahtiga muyassar bo’ldi. Bu uning 8-marta Yevropa chempionligi hisoblanadi.

Taha Akgul chempionatning ikkinchi kuni birinchi turdayoq raqibi, 3 marta jahon chempioni gruzin Geno Petriashvilini (6-1) mag’lub etgandi. U shuningdek, chorak finalda polshalik raqibi Kamil Tomas Kosciolekni (6-1),  yarim finalda belorus raqibi Dzianis Kharamiankouni (4-0) mag’lub etib, final musobaqalariga yo’llanma olgandi.

Final bahslarida rossiyalik raqibi Sergey Kozyrev bilan kuch sinashgan Turkiya milliy kurashchisi Taha Akgul raqibini 9-2 hisobida mag’lub etib, 8-marta Yevropa chempioni bo’ldi.

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an, Turkiya vitse-prezidenti Fuat O’ktay, Yoshlik va sport vaziri Mehmet Muharrem Kasapog’lu va Jumhuriyat xalq partiyasi rahbari Kemal Kilichdarog’li chempion Taha Akgulni ustun g’alabasi bilan tabriklashdi.



Aloqador xabarlar