O'zbekiston boks bo‘yicha jahon chempionatiga mezbonlik qiladi

Bu haqda ayni paytda amaliy tashrif bilan O'zbekistonda bo‘lib turgan AIBA rahbari Umar Kremlyov rasman eʼlon qildi.

1613728
O'zbekiston boks bo‘yicha jahon chempionatiga mezbonlik qiladi

 

Boks bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi 2023 yilgi jahon chempionati mezbonligi Toshkent shahriga topshirildi.

Bu haqda ayni paytda amaliy tashrif bilan O'zbekistonda bo‘lib turgan AIBA rahbari Umar Kremlyov rasman eʼlon qildi.

O‘zbekiston Prezidenti tomonidan mamlakatda sport bo‘yicha qator yirik xalqaro musobaqalarni tashkil etish yuzasidan saʼy-harakatlar amalga oshirilmoqda. 

Jumladan, 2025 yilda o‘tkaziladigan yoshlar o‘rtasida Osiyo o‘yinlari mezbonligi huquqi qo‘lga kiritildi. Shuningdek, O'zbekiston dzyudo, sambo, qilichbozlik kabi sport turlari bo'yicha ham nufuzli musobaqalarga mezbonlik qilishi maʼlum qilingan.


Tanlangan kalimalar: #boks , #jahon chempionati , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar