O'zbekistonlik qilichbozlar Bolgariyadagi xalqaro turnirni 4 ta medal bilan yakunladi

Joriy yilning 5-7 fevral kunlari Bolgariyaning Sofiya shahrida qilichbozlik bo‘yicha xalqaro musobaqa o‘tkazildi. O'zbekistonlik sportchilar turnirda bittadan oltin va kumush hamda ikkita bronza medalini qo‘lga kiritdi.

1587778
O'zbekistonlik qilichbozlar Bolgariyadagi xalqaro turnirni 4 ta medal bilan yakunladi

 

Qilichbozlik bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Bolgariyadagi xalqaro turnirni 4 ta medal bilan yakunladi.

Joriy yilning 5-7 fevral kunlari Bolgariyaning Sofiya shahrida qilichbozlik bo‘yicha xalqaro musobaqa o‘tkazildi. O'zbekistonlik sportchilar turnirda bittadan oltin va kumush hamda ikkita bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Turnirning birinchi kunida Sherzod Mamutov oltin, Pazil Genjebayev bronza medali sohibi bo‘ldi.

Yakshanba kungi bahslar O'zbekiston terma jamoasi  vakillari uchun muvaffaqiyatli kechdi. Shu kuni terma jamoaa’zosi Shahnoza Tog‘aymurodova kumush medal bilan taqdirlandi. Zaynab Dayibekova esa yarim finalgacha yetib bordi, biroq final ostonasida imkoniyatni boy berib, bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Endi sportchilar navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini va xalqaro musobaqada ishtirok etish uchun Gruziyaga yo‘l oladi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #qilichbozlik , #xalqaro turnir , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar