Belarus klubi o‘zbek futbolchi Shahzod Ubaydullayev bilan shartnoma tuzdi

Belarus chempioni—"Shaxtyor" futbol klubi O‘zbekiston miliy terma jamoasi va Bekobodning "Metallurg" futbol klubi hujumchisi Shahzod Ubaydullayev bilan shartnoma tuzganini e’lon qildi.

1570000
Belarus klubi o‘zbek futbolchi Shahzod Ubaydullayev bilan shartnoma tuzdi

 

Belarus futbol klubi O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi bilan shartnoma tuzganini e’lon qildi

Belarus chempioni—"Shaxtyor" futbol klubi O‘zbekiston miliy terma jamoasi va Bekobodning "Metallurg" futbol klubi hujumchisi Shahzod Ubaydullayev bilan shartnoma tuzganini e’lon qildi.

Shahzod Ubaydullayev o‘tgan yili "Metallurg" tarkibida O‘zbekiston Super ligasining 26 o‘yinida maydonga tushib, 8 ta gol urgan. Bundan tashqari Shahzod Ubaydullayev 2020 yilgi mavsumdan e’tiboran O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiylari e’tiboriga tushdi. MTJning yig‘inlariga jalb etilgan futbolchi uchta o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.

Shahzod O‘zbekiston milliy terma jamoasidagi ilk o‘yinini Tojikiston milliy terma jamoasi qarshi o‘tkazib, bitta gol urgan.

"Metallurg" tarkibidagi samarali o‘yin uchun minnatdorlik bildiramiz va "Shaxtyor" tarkibida Belarus chempionati hamda xalqaro maydonlarda omad tilaymiz", - deb yozadi  "Metallurg" FK o‘zining rasmiy telegram sahifasida.

"Shaxtyor"  klubi o‘tgan 2020 yil  mavsumida Belarus chempionligini qo‘lga kiritib,  UYEFA chempionlari ligasining saralash bosqichiga o‘ynash huquqini qo‘lga kiritgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili "Shaxtyor" sharafiniO‘zbekistonlik boshqa bir o‘yinchi Jasur Yaxshiboyev himoya qilgan edi.

 



Aloqador xabarlar