O‘zbekistonlik sportchilar BAAdagi Gran-pri turnirida ishtirok etdi

Joriy yil 10-14 fevral kunlari Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida para-yengil atletika bo‘yicha Tokio yozgi Paralimpiya o‘yinlariga litsenziya beruvchi Gran-pri turniri bo‘lib o‘tadi.

1564482
O‘zbekistonlik sportchilar BAAdagi Gran-pri turnirida ishtirok etdi

 

Joriy yil 10-14 fevral kunlari Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida para-yengil atletika bo‘yicha Tokio yozgi Paralimpiya o‘yinlariga litsenziya beruvchi Gran-pri turniri bo‘lib o‘tdi. Ushbu yirik musobaqada para-yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi aʼzolari ham ishtirok etdi.

Milliy Olimpiya qo‘mitasi maʼlum qilishicha, terma jamoa aʼzolari mahalliy ob-havo sharoitiga moslashgan holda ushbu muhim musobaqaga har tomonlama puxta tayyorgarlik ko‘rish uchun BAA safariga 34 nafar sportchi, 9 nafar murabbiy, 2 massajchi va 1 shifokor yo‘l oldi.

O'zbek sportchilari 7 Fevralga qadar Dubay shahrida xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazishi rejalashtirilgan.

Yig‘in oldidan O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi Rustam Shoabdurahmonov va O‘zbekiston Milliy Paralimpiya assotsiatsiyasi raisi Muxtorxon Tashxodjayev boshchiligidagi har ikki tashkilot mutasaddi rahbarlari nufuzli musobaqaga katta maqsadlar bilan yo‘l olayotgan sportchilar bilan uchrashdi.

MOQ rahbari sportchilar bilan suhbatlashar ekan, ularni yangi 2021 yil – Olimpiya va Paralimpiya yili bilan qutlab, bo‘lajak musobaqalarda omad va zafarlar tiladi. O‘z navbatida para-atletchilar yaratib berilayotgan barcha sharoit hamda yuksak eʼtibor va g‘amxo‘rlik uchun davlat rahbariyatiga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.


Tanlangan kalimalar: #O'zbekiston , #BAA

Aloqador xabarlar