Bavariya Germaniya Kubogining sohibi bo'ldi

Germaniya Kubogining finalida Bavariya jamoasi RB Leypsig jamoasini 3-0 hisobida mag’lub etib, chempionlikni qo’lga kiritdi.

1208339
Bavariya Germaniya Kubogining sohibi bo'ldi

 

Germaniya Kubogining finali o‘tkazildi.

Hal qiluvchi bahsda Bavariya va RB Leypsig jamoalari bellashdi.

Germaniya Kubogining finalida Bavariya jamoasi RB Leypsig jamoasini 3-0 hisobida mag’lub etib, chempionlikni qo’lga kiritdi.

Berlindagi Olimpiada (Olimpiyashtadion) stadionida bo’lib o’tgan matchni 74322 kishi tomosha qildi.

Har ikkala taymda gollarni urgan Bavariya jamoasi 3:0 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Bavariya jamoasi o‘z tarixida 19-marta nufuzli sovrinni qo‘lga kiritdi.

Gollar: 0:1 – 29 Levandovski, 0:2 – 78 Koman, 0:3 – 85 Levandovski. 

 



Aloqador xabarlar