Prezident Erdog’an milliy qilichboz Deniz Selin Unludag’ni tabrikladi

Deniz Selin Unludag’, 95 yillik qilichbozlikning Turkiya tarixida, ayollar o’rtasida birinchi marotaba g’alabaga erishgan sportchi sifatida tarix sahifalaridan o’rin oldi.

923997
Prezident Erdog’an milliy qilichboz Deniz Selin Unludag’ni tabrikladi

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an qilichbozlik bo’yicha Yevropa chempionatida oltin medalni qo’lga kiritgan milliy qilichboz Deniz Selin Unludag’ni tabrikladi.

Prezidentlik apparatidan olingan ma’lumotga ko’ra Erdog’an, o’smirlar va kadetlar o’rtasida Rossiyaning Sochi shahrida o’tkazilgan Yevropa chempionatida oltin medalni qo’lga kiritgan milliy qilichboz Unludag’ni tabriklab, sportchiga telegramma yuborgan.

Aytib o’tish joizki Rossiyaning Sochi shahrida uyushtirilgan Yevropa chempionatida qilichbozlik kategoriyasida g’alabani qo’lga kiritgan Unludag’, 95 yillik qilichbozlikning Turkiya tarixida, Ibrahim Ahmed Ajardan keyingi ikkinchi, ayollar o’rtasida esa birinchi marotaba bu muvaffaqiyatga erishgan sportchi sifatida tarix sahifalaridan o’rin oldi.



Aloqador xabarlar