Riza Kayaalp, yurtimiz sharafini himoya qildi

Riza Kayaalp Rigada davom etayotgan turnirning final musobaqasida ukrainalik sportchi Oleksandr Chernetsky bilan bahs olib borib, oltin medalni qo'lga kiritdi.

449890
Riza Kayaalp, yurtimiz sharafini himoya qildi

Latviya poytaxti Riga shahrida yunon-rum kurashi bo'yicha yoshlar o'rtasida xalqaro turnir o'tkazilmoqda. Ushbu turnirda 130 kilogramm vazn toifasidagi sportchimiz Riza Kayaalp yurtimiz sharafini himoya qildi.

Riza Kayaalp Rigada davom etayotgan turnirning final musobaqasida ukrainalik sportchi Oleksandr Chernetsky bilan bahs olib bordi. Bahs davomida hisob 2-2 deya qayd etilar ekan sportchimiz Riza Kayaalp yakuniy hisobni 3-2 deya o'rnatdi. Oqibatida oltin medalni qo'lga kiritdi. Ukrainalik kurashchi Chernetsky esa kumush medalga sazovor bo'ldi.

Riza Kayaalp mana shu g'alabasi orqali kattalar karyerasidagi oltinchi, ketam-ket beshinchi marotaba esa Yevropa chempionligini qo'lga kiritgan bo'ldi.

Bu vazn toifasidagi bronza medali esa shvetsiyalik Johan Mahnus Euren bilan belaruslik Ioseb Chugoshviliga nasib qildi.



Aloqador xabarlar