Milliy sportchimiz Yasemin Adar bilan So'ner Demirtash oltin medal qozondi...

Yevropa Kurash chempionatida milliy sportchimiz Yasemin Adar bilan So'ner Demirtash oltin medal qozondi. Yasemin Adar, ayollar 75 kilo gramm vaznida Rossiya Alena Starodubtsev bilan kurashdi.

448491
Milliy sportchimiz Yasemin Adar bilan So'ner Demirtash oltin medal qozondi...

Yevropa Kurash chempionatida milliy sportchimiz Yasemin Adar bilan So'ner Demirtash oltin medal qozondi.

Yasemin Adar, ayollar 75 kilo gramm vaznida Rossiya Alena Starodubtsev bilan kurashdi.

Raqibi qarshisida boshdan oxirigacha ustun ravishda kurashgan Yasemin, 7-0 hisobi bilan g'alaba qozonib Turkiyaga Yevropa chempionat tarixida ayollar kategoriyasida dastlab medalni qozondirdi.

Ushbu kilo gramm vaznida Belorus Vasilisa Marzaliuk ve Ukraynalı Alla Cherkasova esa bronza medal qozondilar.

Yevropa kurash chempionatida erkaklar erkin stilida 74 kg vaznida So'ner Demirtash, oltin medalga sazovor bo'ldi.

Turk kurashchi final musobaqasida Ozarbayjonlik Jebrail Hasanov bilan uchrashdi. Raqibini ogohlantiruvlar bilan 2-1 hisobi bilan mag'lub etgan milliy kurashchi, Yevropa chempioni bo'ldi.

So'ner Demirtash shunday qilib, Yevropa chempionatida dastlabki oldin medalni qozonishga sazovor bo'ldi.

Ushbu kilo vaznidagi bronza medallarni Gruziylik Jakob Makarashvili va Rus Zavur Makiev qozondi.

Prezident Rajab Tayyib Erdo'g'an va yoshlik va sport vaziri Aktif Chag'atay Kilich, Yevropa Kurash Chempionatida oltin medal qozongan milliy kurashchilar Yasemin Adar va So'nar Demirtashga qo'ng'iroq qilib tabrik etdi.


Tanlangan kalimalar: #Yevropa , #Kurash , #Chempionat , #Milliy , #Kurahchi , #Oltin , #Medal

Aloqador xabarlar