Aliyev, Covid-19 vaksinasini bo‘lishishda paydo bo‘lgan muammolarga e’tibor qaratdi

Ilhom Aliyev, Covid-19ga qarshi vaksinani bo‘lishishda paydo bo‘lgan muammolarga e’tibor qaratdi.

1575548
Aliyev, Covid-19 vaksinasini bo‘lishishda paydo bo‘lgan muammolarga e’tibor qaratdi

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev,

“Rivojlangan davlatlar dunyo aholisi sonining 14 foizini tashkil etadi. Lekin bu mamlakatlar dunyodagi (yangi turdagi koronavirus Covid - 19) vaksinalarning 53 foiziga buyurtma berdi. Ya’ni haligacha adolatsizlik, tengsizlik bor”. - deya gapirdi.

Ilhom Aliyev Ozarbayjon davlat telekanaliga bergan bayonotida, vaksina masalasida dunyoning ba’zi davlatlari orasida yuz bergan muammolarning bezovta qilayotganini qayd etdi.

“Huddi norasmiy neo - mustamlakachilik davri yoki e’lon qilingan mustamlakaning guvohi bo‘lyapmiz”. - degan Aliyev, Qo‘shilmaslik Harakatining davriy rahbari sifatida bu masalani xalqaro platformada kun tartibiga olib chiqqanini ifoda etdi.

Kanadani misol keltirgan holda Kanada aholisi sonining 38 million ekaniga qaramay 154 million vaksina buyurtma berganini qayd etgan Aliyev o‘z so‘zini:

“Rivojlangan davlatlar dunyo aholisi sonining 14 foizini tashkil etmoqda. Lekin bu mamlakatlar dunyodagi (yangi turdagi koronavirus Covid - 19) vaksinalarining 53 foiziga buyurtma berdi. Ya’ni haligacha adolatsizlik, tengsizlik bor”. - deb tamomladi.


Tanlangan kalimalar: #Ilhom Aliyev , #Covid-19

Aloqador xabarlar