Turk Dunyosining jonlanish mukofati bu yil Ilhom Aliyevga taqdim etilmoqchi

Turk Dunyosining jonlanish mukofati bu yil Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevga taqdim etilmoqchi.

1557073
Turk Dunyosining jonlanish mukofati bu yil Ilhom Aliyevga taqdim etilmoqchi

Turk Dunyosi yozuvchilari, ziyolilari va san’at arboblari jamg‘armasi TÜRKSAV (Türk Dünyası Yazarlar va Sanatçılar vakfı), “Turk Dunyosining jonlanish mukofati” ni bu yil Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevga taqdim etilishi haqida qaror qabul qildi.

TÜRKSAV tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra, jamg‘armaning ijroiya qo‘mitasi rahbari Yahya Akengin, 25 yildan beri Turk dunyosi bilan aloqali tadbirlar uyushtirib kelganliklarini qayd etdi.

Akengin, Turkiya Respublikasi asoschisi G‘oziy Mustafa Kemal Ataturk tomonidan 1919 - yilning 19 - mayi kuni Ando‘lida boshlatilgan Turk dunyosining jonlanishi harakatining bugungi kunda ham Markaziy Osiyo sahrolari va Kavkaz vodiylarida Turk dunyosi liderlari yetakchiligida ishg‘olchi imperialistlarga qarshi davom etganini ta’kidladi.

Ozarbayjonning o‘tgan yili qo‘lga kiritgan g‘alabasiga e’tibor qaratgan Akengin,

“2020 - yili Ozarbayjon va Turk xalqining, Ilhom Aliyev yetakchiligida Turkiya Respublikasining yaqindan qo‘llab - quvvatlashi va Turk kengashining manaviy qiziqishi bilan qo‘lga kiritgan g‘alabasi, ayni vaqtda Turk dunyosining ishg‘olchi imperialistlarga qarshi qo‘lga kiritigan mushtarak muvaffaqiyatidir. Bu kurashga yetakchilik qilgan Hurmatli Ilhom Aliyevga bu mukofatni taqdim etishdan faxrlanishimizni, Ijroiya qo‘mitasi nomidan ifoda etishni xohlayman”. - dedi.



Aloqador xabarlar