OQK, Tog‘li Qorabog‘ urushi shahidlari sonining ortganini bildirdi

Ozarbayjon Qurolli kuchlari, Tog‘li Qorabog‘ urushi shahidlari sonining ortganini bildirdi.

1553721
OQK, Tog‘li Qorabog‘ urushi shahidlari sonining ortganini bildirdi

Ozarbayjon Qurolli kuchlari, Tog‘li Qorabog‘ tuproqlarini ishg‘oldan qutqarish uchun olib borgan amaliyotda 2 ming 823 shahid berganini ma’lum qildi.

Ozarbayjon Milliy Mudofaa vazirligi 27 - sentabrda boshlatilgan va 10 - noyabrda Armanistonning mag‘lubiyatni tan olgan shartnomaga qo‘l qo‘yishi bilan yakun topgan urushdagi halok bo‘lganlar sonini yangiladi.

Bugungacha 2 ming 802 nafar deb qayd etilgan shahid sonining ba’zi janozalarning topilishi va ularning kim ekanligining aniqlanishi ortidan 2 ming 823 nafarga chiqqanini bildirdi.

Ozarbayjon Qurolli kuchlari tomonidan 27 - sentabrda boshlatilgan amaliyot orqali 5 ta shar markazi, 4 ta shaharcha va 286 ta qishloqning qutqarilishi bilan Armaniston mag‘lubiyatni qabul qilib, ishg‘ol ostidagi Ag‘dam, Lochin va Kalbajar viloyatlarini ham tark etgandi.  



Aloqador xabarlar