TK, Tog‘li Qorabog‘ shahidlari uchun Turk dunyosiga ta’ziya izhor etdi

Turk kengashi, Tog‘li Qorabog‘ shahidlari uchun Turk dunyosiga ta’ziya izhor etdi.

1539489
TK, Tog‘li Qorabog‘ shahidlari uchun Turk dunyosiga ta’ziya izhor etdi

Turk tilida so‘zlashuvchi davlatlar hamkorlik kengashi (Turk kengashi), 27 – sentabr kuni boshlagan va 10 – noyabrda Armanistonning mag‘lubiyatni tan olgan kelishuvga qo‘l qo‘yishi bilan tugagan urushda, shahid bo‘lgan 2 ming 783 Ozarbayjon askariga Olloxdan rahmat, g‘oziylarga shifo tiladi. Ozarbayjon va barcha Turk dunyosiga esa ta’ziya izhor etdi.

Turk kengashi tomonidan Twitter hisobi orqali mavzu haqida qoldirilgan postda,

“Turk kengashiga a’zo qardosh Ozarbayjonning hududiy yaxlitligini ta’minlash uchun olib borgan haqli kurashida, vatani uchun jon bergan 2 ming 783 shahidimizga Olloxdan rahmat, g‘oziylarimizga shifo tilaymiz. Ozarbayjon va butun Turk dunyosiga ta’ziya izhor etamiz”. – degan ifodalarga o‘rin berildi.



Aloqador xabarlar