Ozarbayjon qo'shini Armaniston qo’shiniga og'ir zarba bermoqda

Ozarbayjon qo’shini dushman hujumiga qarshi javob choralari qo’llagan. Janglarda Armaniston qo’shiniga oid 2ta T-72 tank, 4ta “Grad” raketa majmuasi, 1ta D-30 pushkasi va 5ta harbiy vosita yo’q qilingan. Ko’plab arman askar o’ldirilgan.

1512260
Ozarbayjon qo'shini Armaniston qo’shiniga og'ir zarba bermoqda

 

Ozarbayjon qo’shini Armaniston tomonidan bosib olingan hududlarini ozod qilish yo’lida jangovar harakatlarni davom ettirmoqda.

Ozarbayjon mudofaa vazirligi ma’lum qilishicha, tuni bilan Ag’dara, Ag’dam, Fuzuliy, Gadrit, Jabroyil, Gubadli va Zengilan territoriyalarida Armaniston qo’shiniga qarshi qizg’in jang ketmoqda.

Ma’lumotga ko’ra, Armaniston qo’shini Ozarbayjon mudofaa pozitsiyalariga artilleriya va minomyotdan o’t ochgan. Ozarbayjon qo’shini dushman hujumiga qarshi javob choralari qo’llagan. Janglarda Armaniston qo’shiniga oid 2ta T-72 tank, 4ta “Grad” raketa majmuasi, 1ta D-30 pushkasi va 5ta harbiy vosita yo’q qilindi.

Shuningdek, janglarda ko’plab arman askar o’ldirildi. Front chizig’i bo’ylab vaziyat Ozarbayjon qo’shini nazoratida ekanligi qayd etildi.


Tanlangan kalimalar: #Armaniston , #Ozarbayjon

Aloqador xabarlar