Ozarbayjon qo‘shinining jabhadagi ustunligi davom etmoqda

Ozarbayjon Mudofaa vazirligi jabhadagi oxirgi vaziyat haqida ma'lumot berdi.

1510214
Ozarbayjon qo‘shinining jabhadagi ustunligi davom etmoqda

Ozarbayjon qo‘shini Armaniston qo‘shining hujum tashabbuslariga monelik qilib, Armaniston kuchlarini jiddiy yo‘qotishlarga uchratdi.

Ozarbayjon Mudofaa vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra Armaniston qo‘shini ishg‘oldan qutqarilgan Jabroil va Hadrutdagi Ozarbayjon askarlariga qarshi to‘p va raketalar orqali hujum uyushtirgan.

Armaniston kuchlari kechasi bilan jabhaning ba’zi tomonlarida faolligini orttirgan lekin Ozarbayjon askarlari tomonidan buning oldi olingan.

Armaniston qo‘shiniga oid 2 ta T – 72 rusumidagi tank, 1 ta Grad raketa tizimi, 5 ta D – 30 gaubitsasi, 2 ta ZSU – 23 – 4 “Shilka” zenit tizimi va oq- dorilarni tashigan 8 ta transport yo‘q qilingan

Armaniston qo‘shini tomonidan ham qochish ham da o‘lim holati jihatidan ko‘plab yo‘qotishlar shuningdek, tan jarohati olganlar qayd etilgan.

Bayonotda shuningdek,

Mudofaa chizig‘ida ixtiyoriy jangarilarni tashigan vositalardan birining Ozarbayjon qo‘shini tomonidan nishonga olinishi natijasida jon bergan va tan jarohati olganlarning borligi, Armaniston kuchlarining ko‘plab zirxli vositalarni tashlab ortga tisarilgani bildirildi.

Ozarbayjon qo‘shining Armaniston qo‘shiniga oid ko‘plab urush qurolini yo‘q qilgani va polk komandirining o‘rinbosariga tan jarohati bergani ma’lum qilindi.  

Bayonotda Tog‘li Qorabog‘ga Armanistonning yonida kurashish uchun kelgan ba’zi yollanma askarlarning jang qilishdan bosh tortgani ham ifoda etildi.

Ozarbayjon qo‘shinining jabhadagi ustunligini davom ettirgani ta’kidlandi. 

Bayonot yakunida Armaniston qo‘shinining insoniy otashkesimni ochiqcha paymol qilgani va tong sahardan boshlab Goranbay, Terter, Ag‘dam va Ag‘jabadiy viloyatlarini nishonga olgani qayd etildi.  

 

 



Aloqador xabarlar