Ozarbayjon qo’shini Armaniston qo'shiniga og’ir zarba bermoqda

Janglarda Armaniston qo’shiniga tegishli 2ta T-72 tanki, 1ta Tor-M2KM zenit raketa majmuasi, 4ta “Grad” raketa tizimi, 1ta D-20, 1ta D-30 va 2ta D-1 pushkasi, bir necha dron va bir necha harbiy transport vositasi yo’q qilingan.

1509462
Ozarbayjon qo’shini Armaniston qo'shiniga og’ir zarba bermoqda

 

Ozarbayjon qo’shini Armaniston qo’shiniga og’ir zarba bermoqda.

Ozarbayjon mudofaa vazirligi ma’lum qilishicha, Ag’dara, Ag’dam, Fuzuliy, Jabroyil va Gadrut hududi territoriyasida keskinlik davom etmoqda.

Armaniston qo’shini tuni bilan o’t ochishni davom ettirganligi, Ozarbayjon qo’shini tomonidan ularga qarshi javob choralari qo’llanilgani, Armaniston qurolli kuchlari og‘ir yo‘qotishga uchragani va ortga chekinishga majbur bo’lgani qayd etildi.

Vazirlikning bayonotiga ko’ra, Armaniston qo’shiniga tegishli 2ta T-72 tanki, 1ta Tor-M2KM zenit raketa majmuasi, 4ta “Grad” raketa tizimi, 1ta D-20, 1ta D-30 va 2ta D-1 pushkasi, bir necha dron va bir necha harbiy transport vositasi yo’q qilingan.

Ishg’ol ostida bo’lgan hududlardagi Armaniston qo’shiniga og’ir zarba berilgan. Dushmanning harbiy texnikasi, o’q-dorisi va yonilg’isi tugash arafasida ekanligi qayd etildi.

Ozarbayjon qo’shini o’t ochishni to’xtatish rejimiga amal qilgani va front chizig’i bo’ylab muvaffaqiyatli vaziyatda ekanligi ma’lum qilindi.

Shuningdek, Armaniston qo’shini o’t ochishni to’xtatish rejimiga qastdan amal qilmayotganligi, Go’ranboy, Tartar, Ag’dam va Ag’jabedi shaharlarini artilleriyadan o’qqa tutganligi qayd etildi.


Tanlangan kalimalar: #Armaniston , #Ozarbayjon

Aloqador xabarlar