Matbuot sharhlari 05.04.2024

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

2125199
Matbuot sharhlari 05.04.2024

                              

Yeni shafak gazetasi: “Milliy xavfsizlik kengashi yig’ilishida terrorizmga qarshi kurashga e'tibor” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an raisligida o’tkazilgan Milliy xavfsizlik kengashi yig’ilishidan keyin e’lon qilingan yozma bayonotda, terrorizmga qarshi kurashga urg’u berildi.  "Mintaqamiz kelajagida terror tashkilotlari va ularni qo'llab-quvvatlovchilarga o'rin berilmaydi",-deyiladi bayonotda.

 

Xabar turk gazetasi, “Milliy xavfsizlik kengashi G'azoda tinchlik o'rnatish uchun sa'y-harakatlarni qo'llab-quvvatlashga chaqirdi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Milliy xavfsizlik kengashi bayonotida, xalqaro hamjamiyatdan G'azo xalqi va yordam tashkilotlariga qaratilgan hujumlarni imkon qadar tezroq to'xtatish va Turkiyaning mintaqaga keng qamrovli insonparvarlik yordamini yetkazib, doimiy tinchlik uchun harakatlarini qo'llab-quvvatlashga chaqirildi.

 

Vatan gazetasi: “Eksport rekordi yangilandi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Savdo vaziri O'mer Bolat, Turkiyada mart oyida eksport 22 milliard 578 million dollarni tashkil qilganini ma'lum qildi. Yanvar-mart davrida 63,7 milliard dollarlik eksport rekordi yangilandi.

 

Star gazetasi: “TUSASh kompaniyasining yangi texnologiyasi BAA e'tiborini tortdi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiyaning mudofaa sanoati mahsulotlari KAAN va HÜRJETda ham qo'llaniladigan TUSASh texnologiyasi qo'nish moslamalari va quyi tizimlar BAAning eng yirik mudofaa va havo-kosmik shirkatlarining e'tiborini tortdi. Tizimlarni ishlab chiquvchi TAAC kampaniyasi BAA bilan birinchi xalqaro shartnomani imzoladi.

 

Sabah gazetasi: “Istanbul aeroporti Yevropaning eng yuqori cho’qqisida” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Yevropa Havo Navigatsiya Xavfsizligi Tashkilotining 25-31 mart kunlarini qamrab olgan havo harakati statistikasiga ko'ra, Istanbul aeroporti kuniga 1328 reys bilan Yevropaning eng gavjum aeroporti bo'ldi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #gazeta , #matbuot , #Turkiya

Aloqador xabarlar