Matbuot sharhlari 03.04.2024

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

2124357
Matbuot sharhlari 03.04.2024

Star gazetasi: Metina ve Garaga qarshi havodan amaliyot uyushtirildi. Iroq shimolidagi Metina va Gara mintaqalarida uyushtirilgan havo amaliyotida PKK terror tashkilotiga a’zo 6 terrorist ta’sirsiz holga keltirildi.

Vatan gazetasi: Turk fuqarolariga chegarada vize berish davri boshladi. Gretsiya orollari uchun Turkiya fuqarolariga chegara darvozasida viza berish davri boshladi. Bu orqali turk sayyohlar Gretsiyaning 10 ta orolidagi portiga 60 yevro to‘lab 1 haftalik viza olish huquqiga ega.

Sabah gazetasi: Birinchi kema langar tashladi. Rossiyaning Sochi shahridan yo‘lga chiqqan va 707 nafar yo‘lovchini o‘z ichiga olgan “Astoria Grande” deb nomlangan sayohat kemasi Misrga bo‘lgan safari ortidan Izmirga yetib keldi. Kemadagi aksariyati rossiyalik bo‘lgan sayyohlar, shahar markazidagi tarixiy Kemeralti bozori bilan Selchuk tumanidagi Efes qadimiy shahrini ziyorat qildi.

Hürriyet gazetasi: Avtomobil sotishlari ortmoqda. Turkiyada, avtomobil savdosi bo‘yicha mart oyida rekord o‘rnatildi. O‘tgan oyda mamlakat bo‘ylab 109 ming 828 dona avtomobil bilan yengil tijoriy vosita sotildi.

Haber Türk gazetasi: Yagiz Kaan Erdogmush 12 yoshida katta muvaffaqiyatga erishdi. Grenke ochiq shaxmat musobaqasida kuch sinashgan Yag‘iz Kaan Erdo‘g‘mush, 12 yoshida “katta usta” degan nomga ega bo‘ldi. Shaxmat tarixida bunga erishgan to‘rtinchi o‘spirimga aylangan Yag‘iz Kaan bilan birgalikda Turkiyadagi “katta usta” nomini olganlar soni 16 nafarga yetdi.

 

 



Aloqador xabarlar