Matbuot sharhlari 01.04.2024

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

2123136
Matbuot sharhlari 01.04.2024

                                 

Xabar turk gazetasi: “Mahalliy saylov natijalari e’lon qilindi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiyada kecha bo'lib o'tgan mahalliy saylovlar ortidan deyarli barcha saylov uchastkalarida ovozlar sanab chiqildi. Norasmiy natijalarga ko‘ra, Turkiya bo‘ylab Adolat va taraqqiyot partiyasi (AK Partiya) 35,4 foiz, Jumhuriyat Xalq partiyasi (CHP) esa 37,7 foiz ovoz oldi.

Norasmiy natijalarga ko'ra, Ekrem Imomo'g'li (CHP) Istanbul buyuk shahar hokimi, Mansur Yavash (CHP) Anqara buyuk shahar hokimi va Jemil Tugay (CHP) esa, Izmir buyuk shahar hokimi etib saylandi.

Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an  mahalliy saylov natijalari haqida bergan bayonotida "Bu saylovda g‘olib – bizning demokratiyamiz, milliy irodamizdir",-dedi.

 

Sabah gazetasi: “Erdo’g’an Raisiy bilan muloqot qildi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an kecha, 31 mart kuni Eron Prezidenti Ibrohim Raisiy bilan telefon orqali muloqot qildi. Suhbat chog‘ida Turkiya va Eron o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar, global va mintaqaviy muammolar jumladan, Isroilning Falastin hududlariga hujumlari va mintaqadagi gumanitar vaziyat muhokama qilindi.

 

Star gazetasi: “Hakan Fidan Saudiya TIV rahbari bilan muloqot qildi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vaziri Faysal bin Ferhan bilan telefon orqali muloqot qildi. Suhbat chog’ida, ikki tomonlama munosabatlar, global va mintaqaviy muammolar jumladan G'azodagi so'nggi vaziyat va bu mavzuda Aloqa guruhining kelgusida amalga oshirishi mumkin bo'lgan faoliyatlar ko’zdan kechirildi.

 

Vatan gazetasi: “TOGG yangilandi, u egasini yuzidan taniydi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiyaning mahalliy elektromobili “TOGG” yangilandi. "Foydalanuvchilarga yuzni aniqlash texnologiyasi bilan boyitilgan holda masofadan boshqarish, konditsionerni rejalashtiruvchi tizim, 360 kamerali yerni tasvirlash texnologiyasi kabi ko'plab yangiliklar taqdim etamiz”, deyiladi TOGGning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

 

Hurriyat gazetasi: “Kruiz turizmi yilni rekord bilan boshladi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Kruiz turizmi mavsumida birinchi marta yanvar va fevral oylarida Turkiyaga 23 ta kruiz kemasi keldi. Sakkizta portga langar tashlagan kruiz kemalarida 23 ming 47 nafar yo'lovchi o’rin oldi.

 


Tanlangan kalimalar: #matbuot , #gazeta , #Turkiya

Aloqador xabarlar