Matbuot sharhlari 18.03.2024

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an, o’tgan asrning eng shafqatsiz genotsidlaridan biri G’azoda sodir bo’lganini bildirdi.

2116580
Matbuot sharhlari 18.03.2024

 

Haberturk "Erdo’g'an: G'azoda o'tgan asrning eng shafqatsiz genotsidlaridan biri sodir bo'lmoqda"

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an, o’tgan asrning eng shafqatsiz genotsidlaridan biri G’azoda sodir bo’lganini bildirdi. "Xalqaro muassasa va tashkilotlar G'azoda yana bir bor muvaffaqiyatsizlikka uchradi. To'g'risini aytaylik, Islom olami ham bu jarayonda juda yaxshi sinovdan o'ta olmadi" dedi.

Yenishafak "Guler: Terrorizmga qarshi kurashimiz qat'iyat bilan davom etadi"

Milliy mudofaa vaziri Yashar Guler, "O'tmishda amalga oshirilgan cheklangan maqsadli va davomiy operatsiyalar o'rniga bugun terrorizmni manbasida yo‘q qilish strategiyasi bilan uzluksiz va keng qamrovli amaliyotlar olib borib, terror tashkilotlariga katta zarbalar bermoqdamiz. “Terrorizmga qarshi kurashimiz tinchligimiz va xavfsizligimiz uchun qat’iyat bilan davom etishiga hech kim shubha qilmasin dedi.

Hurriyet “Yunon matbuoti turk mudofaa sanoati muvaffaqiyati haqida yozdi”

Turkiya tomonidan ishlab chiqarilgan qurollarni sinchiklab tekshirgan Grek In.gr, diqqatga sazovor tahlil qildi. In.gr, 'Turkiyaning mudofaa sanoati ishlab chiqarishi harbiy qudratini ko'p marta namoyish etdi' deb yozdi va Turk İHAlarining jang maydonlarida iz qoldirganini yozdi.

Star  "Bayraktar: 2024 yilni kashfiyotlar yili deb e'lon qilamiz"

Energiya va tabiiy manbalar vaziri Alparslan Bayraktar, Turkiyaning dunyodagi eng ilg'or chuqur suv burg'ulash qurilmasi ekanligini aytdi.

  Seysmik kemalar floti bilan eng yaxshi 10 davlat orasida ekanligini tilga olib, “2024 yilni qidiruv yili deb e’lon qilamiz” dedi.

Sabah "Germaniya Rossiyani ortda qoldirdi"

Apreldan keyingi davrda Antaliyada rezervasyon qilgan nemis sayyohlar soni 1,5 milliondan oshdi.

 Turizm mutaxassislari nemislar birinchi marta 4 milliondan oshib, ruslarni ortda qoldirishini taxmin qilmoqdalar.

 

 

 

 

 

 

Sabah "Almanya, Rusya'yı gerisinde bıraktı"

Antalya'da nisan ayından sonraki dönem için rezervasyon yaptıran Alman turist sayısı 1,5 milyonu aştı.

 Turizmciler, Almanların ilk defa hem 4 milyonu aşacağını hem de Rusları geride bırakacağını öngörüyor.

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Gazetalar , #Matbuot , #Turk

Aloqador xabarlar