Turk matbuot sharhlari 12.03.2024

Yeni Shafak gazetasi: “Erdo’g’an: Terrorizmga qarshi kurashimiz milliy tiklanishdir” Prezident Rajap Tayyip Erdog’an Ramazon oyining ilk iftorida shahid yaqinlari va faxriylar bilan uchrashdi.

2113999
Turk matbuot sharhlari 12.03.2024

 

Yeni Shafak gazetasi: “Erdo’g’an: Terrorizmga qarshi kurashimiz milliy tiklanishdir”

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an Ramazon oyining ilk iftorida shahid yaqinlari va faxriylar bilan uchrashdi.

Erdo'g'an, terror tashkilotlari, ayniqsa PKK va Fetullohchi terror tashkiloti (FETO) bilan kurashning milliy tiklanish ekanligini aytdi. Prezident, “Biz Turkiyani chinakam mustaqil davlatga aylantirdik” dedi.

Vatan gazetasi: “Iroq shimolidagi terror yoz oylarida tugaydi”

Milliy Mudofaa Vaziri Yashar Guler, bu yozda Iroq chegarasini himoya qiladigan doirani yakunlab, terrorni muammo bo'lishdan xalos qilamiz dedi.

  Vazir Guler, "Biz chegaralarimiz bo'ylab 30-40 kilometr chuqurlikdagi xavfsizlik koridorini yaratishga to'liq qaror qildik" dedi.

Haber Turk: “Turkiyada bandlik darajasi eng yuqori darajada”

Vitse-prezident Jevdet Yilmaz, o'rta muddatli dasturda ishsizlik ma'lumotlari chop etilganini bildirdi.

Kutilganidan ham yaxshi natija ko'rsatganini ifoda etgan holda, 'Bizning bandlik darajasi 49 foiz.

  “Bu eng yuqori darajaga yetdi”, dedi u.

Star: "Altun: G'azo haqiqatlarini oshkor etishda davom etamiz"

Prezidentlik aloqa direktori Fahrettin Altun, Isroilning dezinformatsiyasiga qarshi faktlarni oshkor qilishni o'zlariga shior qilganliklarini aytdi.

  Altun, G'arb matbuotidan farqli ravishda Anadolu agentligi (AA) va Turkiya radio va televideniye korporatsiyasi (TRT) G'azodagi haqiqatlarni dunyo jamoatchiligining kun tartibiga olib chiqish uchun jadal harakat qilmoqda.

Hurriyet: “Turkiyaning iqtisodiy siyosati sog’lom”

Xaznachilik va moliya vaziri Mehmet Shimshek, xalqaro kredit reyting agentligi Fitch Turkiyaning reyting va prognoz ko'tarilishini baholadi. Shimshek, 'Turkiya reytingi va istiqbolining ko'tarilishi sog'lom iqtisodiy siyosatning kuchini aks ettiradi' dedi.

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Gazetalar , #Matbuot , #Turk

Aloqador xabarlar