Matbuot sharhlari 06.03.2024

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

2111885
Matbuot sharhlari 06.03.2024

Sabah gazetasi: Erdo‘g‘an:Netanyahu va qotil sheriklari, to‘kgan har bir tomchi qon uchun albatta javob beradi.Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘an kecha Falastin Prezidenti Mahmud Abbos bilan mushtarak matbuot anjumani uyushtirdi. Erdo‘g‘an unda qotil Isroil qatliomlariga qattiq munosabat bildirib: “Netanyahu va qotil sheriklari, to‘kgan har bir tomchi qon uchun albatta javob beradi”. – dedi.

Hürriyet gazetasi: Hakan Fidan AQShga tashrif uyushtirmoqda. Turkiya Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan ertaga bo‘lib o‘tadigan VII Turkiya - AQSh Strategik mexanizm yig‘ilishida ishtirok etish uchun AQShga boradi. Yig‘ilish kun tartibida terrorizmga qarshi kurashdan tortib, iqtisodiy hamkorlikka qadar ko‘plab masalalar o‘rin oladi.

Star gazetasi:Turkiya Respublikasi Milliy Razvedka Tashkiloti (MRT) bilan Milliy Politsiya idorasining Istanbuldagi bo‘limi tomonidan MOSSADga qarshi amaliyot uyushtirildi. Turkiya Milliy Razvedka Tashkiloti (MRT) bilan Milliy Politsiya idorasining Istanbuldagi bo‘limining terrorga qarshi kurash xizmati xodimlari tomonidan, qo‘lga kiritgan ma’lumotlarni Isroil razvedka xizmati MOSSADga sotganligi iddio etilgan gumonlarga qarshi amaliyot uyushtirildi. Natijada, ulardan 7 kishi nazorat ostiga olindi.

Haber Türk gazetasi: Ikki oyda Antaliyaga chet eldan 499 ming 784 nafar sayyoh keldi. Joriy yilning ilk ikki oyida Turkiyaning Antaliya shahriga chet eldan kelgan sayyohlar soni, o‘tgan yilning xuddi shu davriga nisbatan 10.82 foizga ortdi va ular soni 499 ming 784 nafar deb qayd etildi.

Vatan gazetasi: Turk losos balig‘i eksportida o‘sish kuzatildi. Sharqiy Qora dengiz mintaqasidan joriy yilning yanvar – fevral oylarida Turk losos balig‘i eksportida 24 foiz o‘sish kuzatildi va undan 19 million 45 ming 787 dollar daromad olindi.



Aloqador xabarlar