Matbuot sharhlari 05.03.2024

Yenishafak "Erdo’g'an: Bu yozda Iroq chegarasida terrorga barham beramiz" Prezident Rejep Tayyip Erdo’g'an Vazirlar Mahkamasi yig'ilishidan keyingi bayonotida chegaralarimiz yonida terror tashkiloti o'rnatilishi mumkin emasligini ta'kidladi.

2110974
Matbuot sharhlari 05.03.2024

 

Yenishafak "Erdo’g'an: Bu yozda Iroq chegarasida terrorga barham beramiz"

Prezident Rejep Tayyip Erdo’g'an Vazirlar Mahkamasi yig'ilishidan keyingi bayonotida chegaralarimiz yonida terror tashkiloti o'rnatilishi mumkin emasligini ta'kidladi.

"Biz Iroq chegaramizni himoya qiladigan doirani yakunlash arafasidamiz. Iroq chegaramiz bilan bog'liq muammolarni shu yozda hal qilamiz." dedi.

Hurriyat "Vazir Gulerdan terrorga qarshi xabar"

Milliy Mudofaa vaziri Yashar Guler terrorizmga qarshi kurashda qat'iylik xabarini berdi va

Kelgusi davrda terror tashkilotining harakat qobiliyatini   nol qilish  uchun  oyyog’imiz tegmagan hech bir joy  qolmaydi” dedi.

Star gazetasi,  "Bayraktar TB2 KUHV do'st mamlakatda yangi zamin yaratdi"

Baykar bosh direktori Haluk Bayraktar, Bayraktar TB2 KUHV Albaniya armiyasining inventariga kirganligini aytdi  "

“Shunday qilib, birinchi marta Albaniya armiyasi inventariga NATO standartlariga javob beradigan vosita  kiritildi.

Sabah gazetasi, “Yilning ikki oyida turk lirasidagi tashqi savdo 210 milliard liraga yaqinlashdi”

Turk lirasidagi tashqi savdo yilning dastlabki ikki oyida o’tgan yilning shu davriga nisbatan 39,4 foiz ortib, 207 milliard 738 million liraga yetdi.

  Joriy yilning birinchi oyida 164 davlatga, fevral oyida esa 168 davlatga turk lirasida eksport amalga oshirildi.

Haberturk "Turkiya nemislarning yozgi ta'tilni tanlashda birinchi o'rinni egalladi"

Turkiya bu yil yozgi ta'til uchun Germaniyada eng ko'p bron qilingan 10 ta dam olish maskani orasida.

U Ispaniyani ortda qoldirib, birinchi o'rinni egallagani xabar qilingandi.

 

 

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Gazetalar , #Matbuot , #Turk

Aloqador xabarlar