Matbuot sharhlari 20.02.2024

Vatan: “Erdo’g’an: Tarixiy imkoniyatlar  eshigi  ochildi” Prezident Rajab Toyyib Erdo'g'an Anqarada Ozarbayjon Prezidenti İlham Aliyev bilan matbuot anjumani o'tkazdi.

2104548
Matbuot sharhlari 20.02.2024

 

Vatan: “Erdo’g’an: Tarixiy imkoniyatlar  eshigi  ochildi”

Prezident Rajab Toyyib Erdo'g'an Anqarada Ozarbayjon Prezidenti İlham Aliyev bilan matbuot anjumani o'tkazdi.

Qorabog’da arman ishg’olining tugashi bilan mintaqada doimiy tinchlik o’rnatish uchun tarixiy imkoniyatlar  eshigi ochilganini aytdi.

  Erdo’g'an, 'Ozarbayjon va Armaniston o'rtasida ochilgan bu imkoniyat eshigining  yopilmasligi juda muhim' dedi.

Haber Turk: “Aliyev: Turkiya dunyo bo’ylab o’z so’ziga ega”

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Turkiyaning bugungi kunda dunyoda so'z bo'lgan davlat ekanligini bildirdi.

Aliyev: “Turk dunyosining birlashuvi, mushtarak madaniyatli xalqlarning birligi,

  Bu Turkiy Davlatlar Tashkilotiga a’zo har bir davlatning qudratini mustahkamlaydi”.

Hurriyet: “Yunon matbuoti: Erdog’an kuchli aktyor”

Afina Anqara-Qohira yaqinlashuvini diqqat bilan kuzatib bormoqda.

  Yunoniston matbuoti Turkiyaning oxirgi paytlarda qo'ygan qadamlari bilan geosiyosiy sahnada "juda kuchli" mavqega erishganini yozmoqda.

Prezident Erdog’anning mintaqada hech kim e’tibordan chetda qoldira olmaydigan kuchli aktyor ekanligini ta’kidladi.

Star: “Rossiya: Turk diplomatiyasining qat’iyatini qadrlash kerak”

Rossiyaning Anqaradagi elchisi Aleksey Yerxov, Turkiya Rossiya va Ukraina o'rtasida o't ochishni to'xtatishni qo'llab-quvvatladi,

  So'ngra, uning yechim jarayoniga yordam berish istagi va Qora dengiz g'alla tashabbusini doimiy ravishda qo'llab-quvvatlashga bo'lgan qat'iyatini qadrlash kerakligini aytdi.

Yeni Shafak: “Turkiyada ishsizlik pasaymoqda, bandlik ortib bormoqda”

Turkiyada ishsizlik darajasi 2023 yilning to'rtinchi choragida oldingi chorakka nisbatan 0,4 ball kamaygan holda 8,8 foizni tashkil etdi.

Bu davrda ishsizlar soni 137 ming kishiga kamayib, 3 million 70 ming kishiga yetdi. Shu davrda ish bilan band bo'lganlar soni o'tgan chorakka nisbatan 195 ming kishiga ko'paydi.

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Gazetalar , #Sharhlari , #Matbuot , #Turk

Aloqador xabarlar