Matbuot sharhlari 14.02.2024

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

2102218
Matbuot sharhlari 14.02.2024

Hürriyet gazetasi: Erdo‘g‘an: Isroil mustaqil Falastin davlati borligini qabul qilishi kerak. Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an Dubayda uyushtirilgan Jahon hukumati sammitida so‘zlagan nutqida, “Isroil mustaqil Falastin davlati borligini qabul qilishi kerak. Falastinlik birodarlarimizni hech qachon yolg‘iz qo‘ymaymiz, chorasiz ham qoldirmaymiz. Tinchlik uchun kafil bo‘lishga tayyormiz”, - dedi.

Yenişafak gazetasi: “Saudiya Arabistonidan yirik 120 dan ortiq shirkat Turkiyaga kelmoqda. Saudiya Arabistonidan yirik 120 dan ortiq shirkat turk shirkatlari bilan uchrashish uchun Istanbulga kelmoqda. Ular energetika, bank, mudofaa, aviatsiya kabi ko‘plab sohalarda sarmoyaviy imkoniyatlarni ko‘rib chiqadi.

Sabah gazetasi: Istanbul muvaffaqiyatni qo‘lga kiritdi. Turkiyaning qishloq xo‘jaligi eksporti yanvar oyida yillik bazda 9,3 foizga ortib 3,1 milliard dollarga yetdi. Yanvar oyida 772,3 million dollarlik qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti bilan birinchi o‘rinni egallagan Istanbul, Turkiyadan yo‘lga qo‘yilgan jami qishloq xo‘jaligi eksportining 24,7 foizini tashkil etdi.

Habertürk gazetasi: Istanbul turizmda rekord qayd etdi. Dunyoning eng ko‘p tashrif buyurilgan shaharlaridan biri bo‘lgan Istanbul, 2023 - yili 17 million 370 ming 30 nafar chet ellik mehmonga quchoq ochish orqali rekord qayd etdi.  

Star gazetasi: Britaniya matbuoti yozdi: Turkiya Fransiyadan ham o‘tadi. Britaniyaning Telegraph gazetasi “Nima uchun bu yil Turkiyada dam olish yili bo‘ldi”, - degan sarlavha bilan qalamga olingan xabarida kuzatuvchilariga, Turkiyada dam olishini tavsiya qildi. Xabarda, “Borgan sari dunyoning yana – da jozibali nuqtalaridan biriga aylanayotgan bu mamlalat, 2024 - yili Ispaniyadan keyin eng ko‘p tashrif buyurilgan dunyoning ikkinchi davlati Fransiyani ham ortda qoldiradi”, - degan ifodalarga o‘rin berildi.

 



Aloqador xabarlar