Matbuot sharhlari 13.02.2024

AQSh bilan F-16 qiruvchi samolyoti bo'yicha muzokaralarga kelsak, "Bizning talabimizning ijobiy natijasidan mamnunmiz". Dedi

2101367
Matbuot sharhlari 13.02.2024

 

Hurriyet: Erdo’g'anning F-16 bayonoti

Prezident Rajab Toyyib Erdo'g'an, kechagi Vazirlar Mahkamasi yig'ilishidan keyingi bayonotida,

AQSh bilan F-16 qiruvchi samolyoti bo'yicha muzokaralarga kelsak, "Bizning talabimizning ijobiy natijasidan mamnunmiz". Dedi

Star gazetasi: Turkiyaning Isroilning Rafah shahriga qilgan hujumlariga munosabati

Tashqi ishlar vazirligi, "Isroil tomonidan G'azo sektorida hozirgacha amalga oshirilgan vayronagarchilik va qirg'inlardan so'ng, Biz janubdagi Rafah shahriga hujumlar kuchayib borayotganidan juda xavotirdamiz. “Biz bu operatsiyani G’azo xalqini o’z yerlaridan quvib chiqarish rejasining bir qismi deb bilamiz”, deya bildirildi.

Haber Turk: Alper Gezeravji mamlakatga qaytdi

Turkiyaning birinchi astronavti Alper Gezeravjining samolyoti kecha Anqara Esenbog'a aeroportiga qo'ndi. Matbuot anjumanida bayonot berarkan Gezeravji, “Qiyinchilikka duchor bo'lgan vaqtim yo'q edi” dedi.  So’ngra Prezident Rajab Toyyib Erdo’g’an Turkiyaning birinchi astronavti Alper Gezeravjini qabul qildi.

Vatan: Urao’g'lu: UHVlarimiz Turksat sun'iy yo'ldoshlari orqali nazorat qilinadi

Transport va infratuzilma vaziri Abdulqodir Uraog'lu, Turksat sun’iy yo’ldoshlari orqali barcha İHAlar, ayniqsa Turkiyaning milliy uchuvchisiz havo vositalari  boshqarilishi mumkinligini bildirdi.

Sabah gazetasi: Ishsizlik bir xonali raqamda qoldi

Turkiya Statistika instituti dekabr oyidagi ishsizlik raqamlarini e'lon qildi.

Turkiyadagi ishsizlik bir xonali raqamda saqlanib, dekabr oyida 8,8 foizga yetdi.

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Gazetalar , #Matbuot , #Turk

Aloqador xabarlar