Matbuot sharhlari 09.02.2024

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

2099824
Matbuot sharhlari 09.02.2024

 

Yeni shafak gazetasi: “Biz Mudofaa sanoati sarmoyalarini zilzila zonasiga yo'naltiramiz” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g'an kecha Turkiyaning Adiyaman viloyatida bir yil avvalgi zilzilada jabr ko‘rgan oilalarga yangi uylarni topshirish marosimida ishtirok etdi. Erdo’g'an marosimda 2 ming 798ta uyni o’z egalariga topshirar ekan, "Mudofaa sanoati sarmoyalarini zilzila zonasiga yo'naltirmoqdamiz" dedi.

 

Xabar turk gazetasi: “Kreml: Putinning Turkiyaga tashrifi sanasi hali aniqlanmadi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya yetakchisi Putinning Turkiyaga tashrifi uchun tayyorgarliklar davom etayotganini ma’lum qilib, “Tashrif kuni aniqlanganda buni hamkorlarimiz bilan e’lon qilamiz” dedi.

 

Star gazetasi: “Bir haftada 44 terrorist yo’q qilindi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Milliy Mudofaa Vazirligi tomonidan o'tkazilgan yig'ilishda, olibborilgan harbiy operatsiyalar natijasida so'nggi bir hafta ichida Iroq va Suriya shimolida 44 nafar terrorist yo’q qilingani ma’lum qilindi.

 

Sabah gazetasi: “Antaliya turizmi 2024 yilni jadallik bilan boshladi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, o'tgan yilni turizmda rekord bilan yakunlagan Antaliya, 2024 yilning birinchi oyida o'tgan yilning shu davriga nisbatan 4,13 foiz ortish bilan jami 229 ming 97 sayyohga mezbonlik qildi.

 

Vatan gazetasi: “Turkiyadan 2023 yilda un mahsuloti bo’yicha rekord” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya 2023 yilda 3 million 663 ming tonna un eksport qilib, jahon un eksporti rekordini yangiladi.


Tanlangan kalimalar: #gazeta , #matbuot , #Turkiya

Aloqador xabarlar