Matbuot sharhlari 06.02.2024

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

2098351
Matbuot sharhlari 06.02.2024

 

Hurriyat gazetasi: “Turk uchuvchisiz uchish apparatlariga yana bir haridor” sarlavhasi bilan xabar qildi.

Xabarga ko’ra, Turkiyaning qurolli uchuvchisiz havo vositalari (UCAV) dasturi va uning global bozori diqqatni jalb qilishda davom etmoqda. Tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan, Misrning Turkiyadan İHA sotib olishi kun tartibida ekanini aytdi. Yaqin Sharq matbuoti "Turk PUAlariga xalqaro talab ortdi" deb izoh berdi.

 

Star gazetasi: “Saudiya Arabistonida Turk mudofaa sanoatining taqdimoti” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tayotgan Butunjahon mudofaa ko‘rgazmasida Turkiyadan 63 nafar kompaniya qatnashmoqda. Yarmarkada eng ilg’or texnologiyaga ega quruqlik, dengiz va havo hujumidan mudofaa vositalari namoyish etilmoqda.

 

Vatan gazetasi: “Iqtisodiy Taraqqiyot va Hamkorlik Tashkiloti Turkiyaning o'sish prognozini oshirdi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Iqtisodiy Taraqqiyot va Hamkorlik Tashkiloti (OECD) Turkiyaning 2024 yil uchun o'sish prognozini 2,7 foizdan 2,9 foizga oshirdi. Turkiyaning 2025 yil uchun o'sish prognozi 3,1 foizga yangilandi.

 

Sabah gazetasi: “Rivojlanish yo'li uchun muhim qadam” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Transport va infratuzilma vaziri Abdulkadir Uralo'g'li, turk ishbilarmonlari Jibutida 21 loyihaga 205 million dollar sarmoya kiritganini ma'lum qildi. Vazir Uralo'g'li, "O'rta koridorda joylashgan Turkiya, 2053 yilgacha yana 197 milliard dollarlik transport loyihalariga sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda", dedi.

 

​Yeni shafak gazetasi: “Yosh tadbirkorlar uchun yaxshi yangilik” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, 8-fevral kuni Istanbulda 8-Xalqaro yosh tadbirkorlar kongressi bo’lib o’tadi. Kongressda koʻplab manfaatdor tomonlar va 3 mingga yaqin ishtirokchilar, jumladan, davlat va xususiy sektorning yuqori lavozimli rahbarlari, tadbirkorlar, investorlar, biznes vakillari, ilmiy doiralar va ommaviy axborot vositalari ishtirok etadi.


Tanlangan kalimalar: #matbuot , #gazeta , #Turkiya

Aloqador xabarlar