Matbuot sharhlari 02.02.2024

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

2096669
Matbuot sharhlari 02.02.2024

 

Hurriyat gazetasi: “Hakan Fidandan kritik muloqotlar” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan kecha Shvetsiya Tashqi ishlar vaziri Tobias Billstryom va Turkmaniston Tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov bilan telefon orqali muloqot qildi. Hakan Fidan va Billstryom muloqotida, Shvetsiyaning NATOga a'zolik jarayoni, Turkiya-Shvetsiya-Finlyandiya o'rtasidagi Doimiy Mushtarak Mexanizmning keyingi yig'ilishlariga tayyorgarlik va Turkiya-Yevropa Ittifoqi munosabatlari muhokama qilindi. Meredov bilan suhbat chog’ida esa, ikki tomonlama munosabatlar, ayniqsa, energetika va fuqaro aviatsiyasi, ko'p tomonlama platformalardagi hamkorlik imkoniyatlari ko’zdan kechirildi.

 

Xabar turk gazetasi: “So’nggi bir haftada 63 nafar terrorist yo’q qilindi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Mudofaa vazirligining matbuot va jamoatchilik bilan aloqalar bo’yicha maslahatchisi admiral Zeki Akturk, oxirgi bir hafta ichida Iroq va Suriya shimolida 63 nafar terrorist yo’q qilinganini ma’lum qildi.

 

Yeni shafak gazetasi: “Energiya dunyosining qalbi Istanbulda mavj uradi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Istanbulda Xalqaro Energiya Iqtisodiyoti Assotsiatsiyasining 45-konferentsiyasi bo'lib o'tadi. Turkiya Energiya Iqtisodiyoti Assotsiatsiyasi mezbonligida iyun oyida o'tkaziladigan tadbir uchun 68 davlatdan 500 dan ortiq ariza kelib tushdi.

 

Sabah gazetasi: “Turkiya Markaziy banki va Ispaniya banki o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Respublikasi Markaziy banki va Ispaniya banki o‘rtasida markaziy bank masalalari bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirishga zamin yaratish maqsadida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

 

Star gazetasi: “Ketma-ket uch marta rekord yangilandi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Finlyandiyaning Anqaradagi elchixonasining savdo bo’yicha maslahatchisi Joona Selin bu yil Turkiya bilan Finlyandiya o'rtasidagi savdoda ketma-ket uchinchi marta rekord qo’yilganiga diqqat qaratdi.  U shuningdek, Turkiya va Finlyandiya bu yil 3 milliard yevrolik savdo hajmiga erishish yo'lida qadam tashlaganini ma'lum qildi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #matbuot , #Turkiya , #gazeta

Aloqador xabarlar