Matbuot sharhlari 31.01.2024

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

2095633
Matbuot sharhlari 31.01.2024

 

Sabah gazetasi: “Hakan Fidanning Montro konventsiyasi bo’yicha bayonoti” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan Qora dengizda tinchlikni saqlash va uni xavf ostiga qoʻyadigan tashabbuslarni oldini olish Turkiyaning asosiy ustuvor vazifalaridan biri ekanini aytdi. Hakan Fidan Montro bo'g'ozlari konventsiyasini qat'iy tatbiq etishda davom etishlarini ma'lum qilib, "Bu mavzuni muhokama qilish u yoqda tursin, aqldan o’tkazish ham mumkin emas" dedi.

 

Yeni shafak gazetasi: “Bir yil ichida terror tashkilotlariga qarshi 28 mingdan ortiq operatsiya o’tkazildi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Ichki ishlar vaziri Ali Yerlikaya, 2023-yilda terror tashkilotlariga qarshi jami 28 ming 315 ta operatsiya o'tkazilganini, amaliyotlarda 923 nafar terrorist yo’q qilinganini bildirdi.

 

Star gazetasi: “Yevropa davlatidan Turkiyaga Bayraktar TB2 bo’yicha taklif” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidanning Ruminiyaga tashrifi oldidan,  Bayraktar TB2 uchuvchisiz uchish apparatlari haqida bayonot berildi. Turkiyaning Buxarestdagi elchisi Özgür Kivanch Altan, "2023-yilda Ruminiya qurolli uchuvchisiz havo vositalarimiz “Bayraktar TB2”dan18 ta sotib oldi. Ruminiyaning ham bu mahsulotlarni Turkiya bilan hamkorlikda ishlab chiqarish bo’yicha taklifi bor",- dedi.

 

Xabar turk gazetasi: “Turkiya o'tgan yili 70 davlatga eksport bo'yicha rekord o'rnatdi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya o'tgan yili 240 dan ortiq davlat va bojxona mintaqalariga 12 ming 886 xil mahsulot sotdi va mazkur davlatlarning 70 tasiga tarixning eng yuqori eksporti amalga oshirildi.

 

Hurriyat gazetasi: “THYga uchta mukofot” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turk Havo Yo'llari Dublinda bo'lib o'tgan “Airline Economics Aviation 100” mukofotlarini topshirish marosimida "Yilning eng yaxshi bitimi (Global)", "Yilning JOLCO homiyi" va "Yilning sug'urta kafolatli moliyasi" mukofotlarini oldi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #gazeta , #Turkiya , #Matbuot sharhlari

Aloqador xabarlar